Sadyr Japarov Qirg‘iziston prezidentligiga ikkinchi muddat uchun ariza topshirdiDunyoTailand o‘zbekistonliklar uchun vizasiz rejim masalasini ko‘rib chiqishni surib qo‘ydiJamiyatToshkent aeroportida telefonlarni bojxona rasmiylashtiruvi qayta tiklandiJamiyatNvidia rahbari Jensen Huang atrofidagi mojaro: Xitoy josusi, 7,5 milliard dollarlik sxema va Trampga berilgan zarbaDunyoQo‘qondagi mehmonxonada 7-sinf o‘quvchisi zo‘rlandi — gumondor СIZOga joylashtirildiJamiyatToshkentda er-xotin yumshoq ayiqcha ichiga berkitilgan yirik miqdordagi giyohvand moddalar bilan ushlandiJamiyatO‘zbekistonda mahalliy maishiy texnika uchun 18 foizli imtiyozli kreditlar joriy etiladiJamiyatO‘zbekistonda ketma-ket uchta shaharda anomal issiq harorat rekordlari yangilandiJamiyatUzbekistan Airways Toshkent va Varshavani to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam parvozlar bilan bog‘laydiJamiyatToshkentda 9-noyabrdan isitish mavsumi boshlanadiJamiyat

O‘zbekiston qonunchiligidan “diniy ekstremizm” tushunchasi olib tashlanadi

O‘zbekiston qonunchiligidan “diniy ekstremizm” tushunchasi olib tashlanadi

Senat ekstremizmga qarshi qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan hujjatni ma’qulladi. Endilikda “diniy ekstremizm” atamasi “ekstremizm” iborasi bilan almashtiriladi, birinchi marta sodir etilgan ayrim qilmishlar uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi.

Yangi qonun bilan kiritilayotgan asosiy o‘zgarishlar va yondashuvlar:

Qonunchilikdan “diniy ekstremizm” iborasi olib tashlanib, u shunchaki “ekstremizm” atamasi bilan almashtirilmoqda. Bu yondashuv ekstremizmni muayyan bir din bilan bog‘lash amaliyotiga chek qo‘yadi. Shuningdek, ilgari mavhum bo‘lgan “ekstremizm” tushunchasi chegaralari aniqlashtirilib, unga 8 ta qat’iy xatti-harakat doirasida aniq ta’rif berildi.

Ekstremistik mazmundagi materiallarni tayyorlash, saqlash yoki tarqatish, shuningdek, atribut va ramzlarni namoyish etish maqsadida saqlash holati birinchi marta sodir etilganda ma’muriy javobgarlik qo‘llanadi. Jinoiy javobgarlik faqat ma’muriy jazodan so‘ng qilmish takroran sodir etilsagina yuzaga keladi.

Ekstremistik yoki taqiqlangan tashkilotlarda shunchaki ishtirok etganlik uchun yengilroq, ularni tuzish va rahbarlik qilish uchun esa og‘irroq sanksiyalar belgilanmoqda (ilgari barchasiga birxilda 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi ko‘zda tutilgan edi).

Organlarga o‘z vaqtida xabar berib, og‘ir oqibatlarning oldini olishga ko‘maklashgan shaxslar jinoiy javobgarlikdan ozod etiladi. Ekstremistik tahdidlar haqida xabar bergan fuqarolarning shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi va ular moddiy-ma’naviy rag‘batlantiriladi.

 Ekstremizmning oldini olish bo‘yicha davlat dasturlari bevosita Prezident tomonidan tasdiqlanishi, ekstremistik tashkilotlar hamda materiallarning yagona elektron reyestri yuritilishi hamda ushbu sohadagi ilmiy tadqiqotlar davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi belgilandi.

Izohlar

    Izoh qoldirish