So‘nggi:
O‘zbekistonda pensiya pulini ortiqcha hujjatsiz ko‘paytirib olish yo‘li topildiJamiyatSirdaryo havzasida tutilgan baliqlarning yarmidan ko‘pida mikroplastik borligi tasdiqlandiJamiyatToshkentda Monza haydovchisini haqoratlab, drift uyushtirgan BMW egasi 3 sutkaga qamaldiJamiyatO‘zbekistonda 1-iyuldan boshlab 2500 ga yaqin retseptli dorilar narxi keskin arzonlashdiJamiyatAndijonda xotinini maktab binosida pichoqlab o‘ldirgan erkakka sud hukmi o‘qildiJamiyatAQSHda kuzatilayotgan g‘ayritabiiy issiq havo oqibatida 25 kishi halok bo‘ldiDunyoNeymar Norvegiyadan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng Braziliya terma jamoasidan ketdiSportToshkentdagi ommaviy svet o‘chishlari sababini tekshirish uchun maxsus komissiya tuzildiJamiyatAQSH prezidentining qo‘ng‘irog‘i terma jamoa yulduzini JCHdagi sharmandalikdan saqlab qoldiSportO‘zbekistonda 1-avgustdan baliqchilik subyektlariga bir qator yangi imtiyozlar beriladiJamiyat

Toshkentda Monza haydovchisini haqoratlab, drift uyushtirgan BMW egasi 3 sutkaga qamaldi

Toshkentda Monza haydovchisini haqoratlab, drift uyushtirgan BMW egasi 3 sutkaga qamaldi

Toshkentning Nukus ko‘chasida xavfli manyovrlar qilgan va boshqa haydovchini haqorat qilgan BMW egasiga sud tomonidan 3 sutkalik ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tumani sudi qonunbuzarni aybdor deb topdi va unga nisbatan 3 sutka muddatga ma’muriy qamoq jazosini tayinladi. Voqea joriy yilning 2-iyul kuni poytaxtning Nukus ko‘chasida sodir bo‘lgan bo‘lib, haydovchi o‘z hayoti va atrofdagilar xavfsizligini tahdidga qo‘ygan holda namoyishkorona drift uyushtirgan.

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati (YHXX) bergan ma’lumotlarga ko‘ra, BMW rusumli avtomobil egasining bu harakatlari yo‘lda favqulodda holatni keltirib chiqargan va shu yo‘nalishda kelayotgan Chevrolet Monza avtomashinasi haydovchisini majburiy to‘xtashga majbur qilgan. Shundan so‘ng, qoidabuzar o‘z aybini tan olish o‘rniga, harakatlanishga halal bergan Monza haydovchisini haqorat qilgan. Holat yuzasidan YHXX xodimlari tomonidan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, ko‘rib chiqish uchun sudga yuborildi va yakunda lixach qamoqqa olindi.