O‘zbekistonda 100 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonliklar uchun Tailandga viza olish bo‘yicha qo‘llanmaJamiyatO‘zbekistonda 18 ta bozor va savdo majmuasidagi davlat ulushi sotuvga qo‘yiladiJamiyatToshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdiSiyosatTramp Oyni AQShga tegishli deb e’lon qildiDunyoPo‘lat Bobojonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildiSiyosatShavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildiSiyosatVeolia Energy Toshkentning uchta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chirilishi haqida ogohlantirdiJamiyatProfilaktika inspektorlariga mahallalarda YHQ buzilishi bo‘yicha jarima solish huquqi beriladiJamiyat

Toshkentda vorkaut maydonchasiga ega birinchi “sport” bekati barpo etildi

Toshkentda vorkaut maydonchasiga ega birinchi “sport” bekati barpo etildi

Yo‘l harakatini tashkil etish markazi Sergeli tumanidagi bekatni sport jihozlari bilan ta’minladi. Shahar hokimligi aholidan yangi manzillar bo‘yicha takliflar kutmoqda.

Yo‘l harakatini tashkil etish markazi xabariga ko‘ra, mazkur transport tugunidan jami 12 ta yo‘nalishda harakatlanadigan avtobuslar o‘tadi. Bekat maydonida yo‘lovchilar transport kutish vaqtida yengil mashqlar bajarishi va tortilishi uchun maxsus sport jihozlari o‘rnatilgan.

Markaz ushbu yondashuv shahar infratuzilmasining aholi salomatligi va kundalik farovonligiga xizmat qilayotganining belgisi ekanini qayd etdi. Bunday amaliyot Seul, Pekin, Singapur, Parij, Bogota va Kali kabi jahon shaharlarida ham keng tarqalgan bo‘lib, undan maqsad harakatni kundalik hayotning tabiiy qismiga aylantirishdir. Vorkaut-bekatlar aholi zich joylashgan, serqatnov va kutish hududini xavfsiz ajratish uchun yetarli joyga ega bo‘lgan manzillarda o‘rnatiladi. Poytaxt hokimligi aholi tomonidan tushadigan takliflar asosida yangi manzillarni jihozlashga tayyorligini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda bekat maydonlaridan to‘laqonli foydalanish maqsadida do‘konli bekatlar buzib tashlanayotgani ma’lum qilingandi. Ularning o‘rnida qurilayotgan yangi namunaviy bekatlar narxi 20 ming dollargacha yetishi jamoatchilik o‘rtasida muhokamalarga sabab bo‘lgan edi. Mutaxassislarning tushuntirishicha, loyihaning qimmatligi bekatlarning butun bir majmua sifatida qayta qurilishi, ya’ni kutish maydonini kengaytirish, qulay perron, muhandislik ishlari, xavfsizlik uskunalari va raqamli servislarni o‘z ichiga olishi bilan bog‘liqdir.