So‘nggi:
Sirdaryoda sud telefonida ekstremistik fayllar saqlagan yigitni jarimaga tortdiJamiyatApple 19 yildan keyin iOS 20 tizimida budilnik va bildirishnomalar ovozini ajratdiDunyoAfg‘onistonda amaldorlarga smartfondan foydalanish taqiqlandiDunyoO‘zbekistonda sudyalar o‘z mol-mulkini deklaratsiya qilishga majbur bo‘ladiSiyosatShavkat Mirziyoyev zilzila oqibatida Filippin Prezidentiga ta’ziya bildirdiSiyosatO‘zbekiston terma jamoasi Niderlandiyaga imkoniyatni boy berdiSport1-sentabrdan O‘zbekistondagi qurilish ob’yektlarida videonazorat o‘rnatish majburiy bo‘ladiJamiyatYil boshidan buyon turizm eksporti O‘zbekiston iqtisodiyotiga 2,2 mlrd dollardan ortiq daromad keltirdiJamiyatO‘zbekistonlik kriptobloger Arut Nazaryan BAAda qamoq jazosiga hukm qilindiJamiyatQarshidagi gaz quyish shoxobchasida portlash: 6 kishi halok bo‘ldiJamiyat

O‘zbekistonda sudyalar o‘z mol-mulkini deklaratsiya qilishga majbur bo‘ladi

O‘zbekistonda sudyalar o‘z mol-mulkini deklaratsiya qilishga majbur bo‘ladi

O‘zbekistonda sudyalar va sud apparati xodimlarining daromadlari hamda mol-mulkini elektron deklaratsiya qilish tizimi joriy etiladi. Islohot taqdimoti bilan Prezident tanishdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev sud tizimida komplayens-nazorat tizimi samaradorligini oshirish hamda sohada korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olishga qaratilgan taqdimot bilan tanishdi. Tizimning asosiy vazifasi korruptsiya holatlarini barvaqt aniqlash, manfaatlar toqnashuviga yo‘l qo‘ymaslik va xodimlarning professional mas’uliyatini kuchaytirishdan iborat.

Sud organi xodimlari o‘rtasida korrupsiyaga chek qo‘yish maqsadida Oliy sud tuzilmasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri Oliy sud raisiga bo‘ysunuvchi Komplayens-nazorat xizmati tashkil etilmoqda. Shuningdek, hududiy sudlarda ham komplayens bo‘yicha maxsus inspektorlar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Joriy yil yakuniga qadar sud tizimida korrupsiyaga chidamlilik darajasi diagnostikadan o‘tkaziladi, nomzodlarni tayyorlashda esa ularning korrupsiyaviy xavflarga chidamliligi baholanadi.

Sohani raqamlashtirish doirasida sudyalar va sud apparati xodimlarining daromadlari, mol-mulki hamda manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyalarni topshirish va tahlil qilishning avtomatlashtirilgan elektron tizimi joriy etiladi. Inson omilini kamaytirish maqsadida sud ishlarini avtomatik taqsimlash dasturi mezonlari aniq belgilanib, takomillashtiriladi.

Sud apparatiga ishga qabul qilish ochiq tanlov asosida, meritokratiya tamoyillari bo‘yicha tashkil etiladi. Xodimlar uchun tadbirkorlik bilan shug‘ullanish va xorijda bank hisobvaraqlari ochish taqiqlanadi. Shuningdek, xofimlarning odob-axloq madaniyatini yuksaltirish maqsadida maxsus xizmat formasi joriy etilishi rejalashtirilmoqda.