Qo‘shtepa tumanida ayol shifoxona hamshiralariga pichoq bilan hujum qildiJamiyatToshkent va Andijon o‘rtasida yangi CRRC-Daliyan tezyurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladiJamiyatToshkentda kuzgi issiq suv o‘chirilishi jadvali e’lon qilindiJamiyatToshkentda tez yordamga yo‘l bermagan BYD haydovchisining mashinasi jarima maydonchasiga joylashtirildiJamiyatO‘zbekistonda 100 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonliklar uchun Tailandga viza olish bo‘yicha qo‘llanmaJamiyatO‘zbekistonda 18 ta bozor va savdo majmuasidagi davlat ulushi sotuvga qo‘yiladiJamiyatToshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdiSiyosatTramp Oyni AQShga tegishli deb e’lon qildiDunyo

Yil boshidan buyon turizm eksporti O‘zbekiston iqtisodiyotiga 2,2 mlrd dollardan ortiq daromad keltirdi

Yil boshidan buyon turizm eksporti O‘zbekiston iqtisodiyotiga 2,2 mlrd dollardan ortiq daromad keltirdi

2026-yilning dastlabki besh oyida O‘zbekistonga 5,3 mln xorijiy sayyoh tashrif buyurdi. Turistik xizmatlar eksporti hajmi 2,2 milliard dollardan oshib, rekord darajani qayd etdi.

Sayyohlar oqimining ko‘payishi respublika iqtisodiyotining makroiqtisodiy ko‘rsatkichlariga, ayniqsa, valyuta tushumlarining barqarorligiga sezilarli darajada ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Bahorning so‘nggi oyi sayyohlar tashrifi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi. Birgina joriy yilning may oyida respublikamizga 1,3 milliondan ortiq chet ellik mehmon kelgan.

Tahlillar mintaqaga bo‘lgan qiziqish o‘tgan yilga nisbatan keskin oshganini ko‘rsatmoqda:

  • Hisobot davridagi sayyohlar oqimi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1 million 148 ming kishiga ko‘paygan;

  • Yillik o‘sish sur’ati 27,3 foizni tashkil etdi.

“Bunday yuqori o‘sish sur’atlari O‘zbekiston asta-sekin Markaziy Osiyoning eng jadal rivojlanayotgan va jozibador turistik yo‘nalishlaridan biriga aylanib borayotganidan dalolat beradi”, — deya ta’kidladi qo‘mita mutasaddilari.

Xorijiy sayyohlar oqimining kengayishi O‘zbekiston turizm xizmatlari eksporti hajmini 2,2 milliard dollarga yetkazish imkonini berdi.

Hozirda turizm sohasi mamlakat iqtisodiyotini xorijiy valyuta bilan ta’minlovchi, ichki xizmatlar ko‘rsatish sohasini rag‘batlantiruvchi hamda aholi uchun minglab yangi ish o‘rinlarini yaratuvchi eng asosiy drayverlardan biri sifatida o‘z mavqeyini mustahkamlamoqda.