So‘nggi:
O‘zbekistonda saytlar orqali kartadan kartaga pul o‘tkazish taqiqlanadiIqtisodiyotBiznes uchun elektr va gazga oldindan to‘lov 100 foizdan 15 foizga tushiriladiIqtisodiyotToshkent hokimi Shavkat Umurzoqov xodimlarni ishdan o‘z vaqtida ketishga chaqirdiJamiyatO‘zbekistonda chiptasiz yurganlik uchun jarimalar oshirilishi kutilmoqdaJamiyatIsh haftasida O‘zbekistonda havo harorati 43 darajagacha ko‘tariladiJamiyatShavkat Mirziyoyev Urganch xalqaro aeroportidagi rekonstruksiya jarayoni bilan tanishdiJamiyatO‘zbekistonda abituriyentlar imtihon natijalari bo‘yicha apellyatsiya berishi mumkinJamiyat2027-yildan nasiyaga olinadigan tovarlar uchun 110 mln so‘mlik cheklov o‘rnatiladiJamiyatToshkentdagi Mustaqillik va Oqqo‘rg‘on ko‘chalari kesishmasida harakatlanish sxemasi o‘zgardiJamiyatAdvokatlarning SIZOda uchrashuv vaqtiga cheklov bekor qilindiJamiyat

O‘zbekistonda Ochiq turizm mavsumi e’lon qilindi hamda turoperatorlarga yirik subsidiyalar ajratiladi

O‘zbekistonda Ochiq turizm mavsumi e’lon qilindi hamda turoperatorlarga yirik subsidiyalar ajratiladi

O‘zbekistonda Ochiq turizm mavsumi e’lon qilindi hamda turoperatorlarga yirik subsidiyalar ajratiladi. Mamlakatimiz turizm bozoridagi mavqeini mustahkamlash maqsadida yangi iqtisodiy rag‘batlantirish tizimini joriy etmoqda.

Endilikda davlat xorijlik mehmonlarni olib keluvchi kompaniyalarni bevosita moliyaviy qo‘llab-quvvatlaydi. Apreldan iyun oxirigacha davom etadigan «Ochiq turizm mavsumi» davomida tadbirkorlar uchun quyidagi yengilliklar beriladi:

  • Avia-tashuvchilarni rag‘batlantirish — har bir xorijiy sayyoh uchun aviakompaniyalarga 100 dollar miqdorida subsidiya beriladi. Shuningdek, aeroport xizmatlari xarajatlari 20 foizga arzonlashtiriladi.

  • Tizimli yordam — turoperatorlar har mingta sayyoh uchun 5000 dollargacha mukofot olishlari mumkin. QQSning yarmini kashbek ko‘rinishida qaytarib olish imkoniyati ham yaratildi.

Samarqand jahon tadbirlari markaziga aylanadi Turizmni targ‘ib qilish uchun 5 milliondan ko‘p obunachisi bor 50 nafar yirik bloger taklif etiladi. Samarqandda esa yil yakuniga qadar beshta dunyoga mashhur yulduzning konserti va o‘nta yirik iqtisodiy anjuman o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Maqsad — joriy yilda qadimiy shaharga keluvchilar sonini 6 million nafarga yetkazishdir.