So‘nggi:
O‘zbekistonda saytlar orqali kartadan kartaga pul o‘tkazish taqiqlanadiIqtisodiyotBiznes uchun elektr va gazga oldindan to‘lov 100 foizdan 15 foizga tushiriladiIqtisodiyotToshkent hokimi Shavkat Umurzoqov xodimlarni ishdan o‘z vaqtida ketishga chaqirdiJamiyatO‘zbekistonda chiptasiz yurganlik uchun jarimalar oshirilishi kutilmoqdaJamiyatIsh haftasida O‘zbekistonda havo harorati 43 darajagacha ko‘tariladiJamiyatShavkat Mirziyoyev Urganch xalqaro aeroportidagi rekonstruksiya jarayoni bilan tanishdiJamiyatO‘zbekistonda abituriyentlar imtihon natijalari bo‘yicha apellyatsiya berishi mumkinJamiyat2027-yildan nasiyaga olinadigan tovarlar uchun 110 mln so‘mlik cheklov o‘rnatiladiJamiyatToshkentdagi Mustaqillik va Oqqo‘rg‘on ko‘chalari kesishmasida harakatlanish sxemasi o‘zgardiJamiyatAdvokatlarning SIZOda uchrashuv vaqtiga cheklov bekor qilindiJamiyat

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari yil boshidan buyon chorak qismga ko‘paydi

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari yil boshidan buyon chorak qismga ko‘paydi

2026-yil 1-mart holatiga ko‘ra O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 67,7 mlrd dollarga yetdi. Oltin hajmi va narxining oshishi asosiy omil bo‘ldi.

Mamlakatimizning moliyaviy «xavfsizlik yostiqchasi» jadal o‘sish sur’atlarini namoyish etmoqda. Markaziy bankning 1-mart holatidagi ma’lumotlariga ko‘ra, yalpi oltin-valyuta zaxiralari hajmi 67,7 mlrd dollarga yetdi. Yil boshidan buyon ushbu aktivlar 13,6 mlrd dollarga yoki 25 foizga oshganini ko‘rish mumkin.

Umumiy qiymatning keskin oshishiga nafaqat jahon bozorida oltin narxining ko‘tarilishi, balki uning jismoniy hajmi ko‘paygani ham sabab bo‘ldi. Xususan, sof oltin miqdori 12,6 mln troya unsiyasidan 13,1 mln troya unsiyasiga yetdi.

Boshqa turdagi valyuta aktivlari hajmi ham sezilarli o‘zgarib, mart oyi boshida 196,1 mln dollarni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich yil boshidagi (93,9 mln dollar) holatga nisbatan 102,2 mln dollargako‘pdir.

Xalqaro zaxiralar tarkibiga kirmaydigan oltin miqdori deyarli o‘zgarmasdan, 52,6 mln dollar darajasida saqlanib qoldi (yil boshida 51,5 mln dollar edi).

Ekspertlarning qayd etishicha, zaxiralarning bunday o‘sishi respublika iqtisodiy barqarorligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, asosan qimmatbaho metallarning global bozordagi qimmatlashishi bilan izohlanadi.