O‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyatToshkentning yagona ayol tuman hokimi Nilufar Allabergenova ham lavozimidan olindiJamiyatO‘zbekiston texnikumlarida 1 mlrd so‘mgacha grantga ega spin-off kompaniyalari ochiladiJamiyat

Xorijdan qaytgan O‘zbekiston fuqarolariga biznes uchun 60 mln so‘mgacha grant beriladi

Xorijdan qaytgan O‘zbekiston fuqarolariga biznes uchun 60 mln so‘mgacha grant beriladi

Migratsiya agentligi va MXTT xorijdan qaytgan o‘zbekistonliklar uchun 60 mln so‘mgacha grant tanlovini e’lon qildi. Arizalar 21-sentabrgacha qabul qilinadi.

Xorijda mehnat faoliyatini olib borib, O‘zbekistonga qarshiga qaytgan fuqarolarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida grant tanlovi e’lon qilindi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Loyihasi Migratsiya agentligi hamda Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilot (MXTT) hamkorligida, Shvetsiya Adliya vazirligining moliyaviy ko‘magida amalga oshirilmoqda. Tanlovda 2025–2026-yillar davomida xorijda ishlab, vatanga qaytib kelgan O‘zbekiston fuqarolari ishtirok etishlari mumkin. Tashkilotchilar tomonidan xotin-qizlarning loyihadagi faol ishtiroki alohida rag‘batlantiriladi.

Tanlov saralash jarayonida quyidagi mezonlarga alohida ustuvorlik beriladi:

  • Biznesni rivojlantirish bo‘yicha aniq va asoslangan g‘oyaga ega bo‘lish;

  • Yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash imkoniyati;

  • Taklif etilayotgan yoki mavjud biznesning barqarorligi va moliyaviy samaradorligi.

Saralashdan muvaffaqiyatli o‘tgan g‘oliblar o‘z shaxsiy biznesini yo‘lga qo‘yish yoki kengaytirish uchun 60 million so‘mgacha bo‘lgan grant mablag‘larini qo‘lga kiritadilar. Ishtirok etish uchun arizalar 2026-yilning 21-sentabriga qadar qabul qilinadi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish