O‘zbekistonlik tomoshabinlar Red Bull Dance Your Style jahon finali g‘olibini aniqlashda birinchi marta ovoz berishadiJamiyatIjtimoiy ҳimoya agentligi tizimidagi xodimlarga 120 foizgacha ustama belgilash taklif etilmoqdaJamiyatChirchiqda maktab hududida jamoat joyida masturbatsiya qilgan erkak videoga olindiJamiyatO‘zgidromet dam olish kunlarida quruq va iliq ob-havo bo‘lishini ma’lum qildiJamiyatXorijdagi o‘zbekistonliklar foydasiga 850 ming dollar ish haqi va kompensatsiya undirildiJamiyatBotkin qabristonida devor qulashi oqibatida qabr toshlari shikastlandiJamiyatO‘zbekistonda «Chiqindilar to‘g‘risida»gi qonun yangilanmoqdaJamiyatToshkentda mehmonxona xodimlari mijozlarni videoga olib, qizga shahvoniy shilqimlik qildiJamiyatToshkent viloyatida IIB xodimi voyaga yetmagan qizni zorlaganlikda ayblandiJamiyatO‘zbekistonda san’atkorlarga qo‘shiq va chiqishlari uchun xavf ballari beriladiJamiyat

Xavfsizlik choralari sababli Qrimdagi lager va sanatoriylarga bolalarni qabul qilish to‘xtatildi

Qrimda favqulodda choralar sabab yozgi dam olish mavsumi muddatidan oldin yakunlandi. Rossiya rasmiylari dam oluvchilarni, shu jumladan o‘zbekistonlik guruhlarni evakuatsiya qilishni boshladi.

Rossiya ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, mahalliy hukumat mintaqadagi barcha lagerlar, sanatoriylar va boshqa sog‘lomlashtirish maskanlariga bolalarni qabul qilish hamda joylashtirishni vaqtincha to‘xtatish haqica qaror qabul qildi. Mazkur taqiq 2026-yilning 22-iyunidan 1-sentyabriga qadar amal qiladi va ushbu chora to‘liq xavfsizlikni ta’minlash maqsadida joriy etilgani aytilmoqda.

Shu bilan birga, mashhur “Artek” xalqaro bolalar markazida bo‘lib turgan o‘quvchilarni uylariga kuzatish jarayoni boshlandi. Rossiya tomonining ma’lumotlariga ko‘ra, bolalarni olib chiqish rejaviy tartibda amalga oshirilmoqda va butun harakatlanish yo‘nalishi davomida ularga mas’ul xizmatlar hamrohlik qilmoqda.

Ushbu holat bevosita yurtdoshlarimizga ham taalluqlidir. Ma’lum bo‘lishicha, ayni paytda “Artek” lagerida yaqindagina u yerga yetib borgan o‘zbekistonlik bolalar guruhi ham bor. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi va boshqa mutasaddi idoralar bolalarning vataniga xavfsiz qaytarilishini ta’minlash hamda ularga zarur yordam ko‘rsatish bo‘yicha Rossiya tomoni bilan tezkor aloqa o‘rnatishi kutilmoqda.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish