Qurilish vazirligi O‘zbekistonda minglab xavfli liftlarni aniqladiJamiyatToshkentda 720 dan ortiq noqonuniy qurilgan ko‘p qavatli uy aniqlandiJamiyatXorijdagi pensiyadorlar shaxsini MyID orqali masofadan tasdiqlashi mumkin bo‘ladiJamiyatNavoiy va Chirchiqda fuqarolar daromadi va xarajatini oshkor qilishga majbur bo‘ladiJamiyatToshkentda kuryerni haqoratlagan Brasserie Park restorani xodimi 5 sutkaga qamaldiJamiyatO‘zbekistonda davlat xizmatchilari formasiga o‘xshash kiyimlarni kiyish taqiqlanishi kutilmoqdaJamiyatBeeline egasi Perfectum’ni 207 mln dollarga sotib olmoqdaJamiyatToshkentda 290 kishida qizamiq kasalligiga shubha gumon qilindiJamiyatO‘zbekistonda Telegram’da ovozli qo‘ng‘iroqlar nima uchun yomon ishlamoqda?JamiyatQirg‘iziston va Qozog‘istonda 2027-yilgi Ramazon oyi boshlanish sanasi ma’lum qilindiDunyo

Prezident xalq qabulxonalari ijtimoiy tarmoqlarda oʻz sahifalarini ishga tushirdi

Prezident xalq qabulxonalari Telegram, Facebook va Instagramda rasmiy sahifalarini ochdi. Endi fuqarolar murojaatlar yoʻllashi va dolzarb tushuntirishlarni ijtimoiy tarmoqlar orqali olishi mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar orqali foydalanuvchilar nafaqat oʻz murojaatlarini yoʻllashlari, balki xalq qabulxonalarining hududiy boʻlinmalari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan ham tanishib borishlari mumkin.

Shuningdek, platformalarda boshqa fuqarolar murojaatlarining koʻrib chiqilishi jarayonlari, dolzarb masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar va foydali tavsiyalar muntazam ravishda eʼlon qilib boriladi.

Ushbu raqamli vositalarning ishga tushirilishi aholining huquqiy xabardorligini oshirish va murojaat qilish mexanizmlarini soddalashtirishga qaratilgan. Rasmiy sahifalar fuqarolarga oʻz huquqlarini himoya qilishda davlat tomonidan yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish yoʻllarini tezkorlik bilan oʻrganish imkonini beradi.

Yangi tizim murojaatlar bilan ishlash sifatini nazorat qilishda ham muhim rol oʻynashi kutilmoqda.