Toshkentda 290 kishida qizamiq kasalligiga shubha gumon qilindiJamiyatO‘zbekistonda Telegram’da ovozli qo‘ng‘iroqlar nima uchun yomon ishlamoqda?JamiyatQirg‘iziston va Qozog‘istonda 2027-yilgi Ramazon oyi boshlanish sanasi ma’lum qilindiDunyoToshkentda taksi yo‘lovchisi ichiga gashish joylangan qo‘g‘irchoq bilan ushlandiJamiyatO‘zbekistonda Google Pay to‘lov xizmati ishga tushirildiJamiyatMaktab o‘quvchilari uchun kuzgi ta’til 4-noyabrdan boshlanadiJamiyatToshkentda havoning ifloslanish darajasi JSST me’yoridan 11 baravardan oshib ketdiJamiyatToshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyat

Toshkentda 290 kishida qizamiq kasalligiga shubha gumon qilindi

Toshkentda 290 kishida qizamiq kasalligiga shubha gumon qilindi

Toshkentda 290 kishida qizamiq kasalligi shubhasi aniqlandi, 10 mingdan ortiq kishi muloqotda bo‘lgani ma’lum bo‘ldi. Sanepidqo‘mita 1,6 mingdan ziyod kishini emladi.

Poytaxtdagi epidemiologik vaziyat

Toshkent shahrida 290 nafar fuqaroda qizamiq kasalligiga shubha gumon qilindi. Bu haqda Sanitar-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Toshkent shahar boshqarmasi xabar berdi.

O‘tkazilgan epidemiologik surishtiruvlar davomida bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan 10 039 nafar shaxs aniqlandi.

Muloqotda bo‘lganlarni shoshilinch emlash

Mutaxassislar tomonidan o‘rganilganda, muloqotda bo‘lganlarning 1 623 nafari ilgari qizamiqqa qarshi emlanmagani ma’lum bo‘ldi. Ushbu fuqarolar epidemiologik ko‘rsatkichlarga asosan zudlik bilan emlandi.

Sanepidqo‘mita qizamiq o‘ta yuqumli va tez tarqaluvchi kasallik ekanini eslatib, fuqarolarni o‘z vaqtida vaksina olishga va kasallik belgilari kuzatilganda shifokorga murojaat qilishga chaqirmoqda.