Qurilish vazirligi O‘zbekistonda minglab xavfli liftlarni aniqladiJamiyatToshkentda 720 dan ortiq noqonuniy qurilgan ko‘p qavatli uy aniqlandiJamiyatXorijdagi pensiyadorlar shaxsini MyID orqali masofadan tasdiqlashi mumkin bo‘ladiJamiyatNavoiy va Chirchiqda fuqarolar daromadi va xarajatini oshkor qilishga majbur bo‘ladiJamiyatToshkentda kuryerni haqoratlagan Brasserie Park restorani xodimi 5 sutkaga qamaldiJamiyatO‘zbekistonda davlat xizmatchilari formasiga o‘xshash kiyimlarni kiyish taqiqlanishi kutilmoqdaJamiyatBeeline egasi Perfectum’ni 207 mln dollarga sotib olmoqdaJamiyatToshkentda 290 kishida qizamiq kasalligiga shubha gumon qilindiJamiyatO‘zbekistonda Telegram’da ovozli qo‘ng‘iroqlar nima uchun yomon ishlamoqda?JamiyatQirg‘iziston va Qozog‘istonda 2027-yilgi Ramazon oyi boshlanish sanasi ma’lum qilindiDunyo

Xorijdagi pensiyadorlar shaxsini MyID orqali masofadan tasdiqlashi mumkin bo‘ladi

Xorijdagi pensiyadorlar shaxsini MyID orqali masofadan tasdiqlashi mumkin bo‘ladi

Pensiya jamg‘armasi bir oy ichida xorijda bo‘lgan pensiyadorlar uchun MyID orqali masofaviy identifikatsiyani yo‘lga qo‘yadi. To‘rtta viloyatda esa pensiya tayinlash bo‘yicha tajriba-sinov boshlanadi.

MyID orqali masofaviy identifikatsiya

Pensiya jamg‘armasiga bir oy muddatda O‘zbekiston hududidan tashqarida bo‘lib turgan pensiyadorlarning to‘lovlarni olish huquqini tasdiqlash uchun «MyID» axborot tizimi orqali shaxsni masofadan tasdiqlash imkoniyatini yaratish vazifasi yuklatildi.

Ushbu tizim xorijda yashayotgan va vaqtincha bo‘lib turgan fuqarolarga pensiya to‘lovlarini olish huquqini konsulliklarga shaxsan bormasdan hamda O‘zbekistonga kelib-ketmasdan, onlayn ravishda tasdiqlash imkonini beradi.

Islohotlar va hududlardagi tajriba-sinov tartibi

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 19-oktyabrdagi 576-sonli qaroriga ko‘ra, pensiya ta’minoti tizimida qog‘ozbozlik va бюрократияни qisqartirishga qaratilgan keng ko‘lamli loyiha boshlanmoqda.

2026-yilning oktyabr–dekabr oylarida eksperiment tariqasida Pensiya jamg‘armasining tuman va shahar bo‘limlari funksiyalari bevosita hududiy boshqarmalarga o‘tkaziladi:

  • Andijon viloyati: Andijon shahri va Oltinko‘l tumani;

  • Samarqand viloyati: Samarqand shahri;

  • Xorazm viloyati: Urganch va Xiva shaharlari, Shovot va Yangiariq tumanlari;

  • Sirdaryo viloyati: barcha tuman va shahar bo‘limlari.

Hududiy boshqarmalarda har bir tuman uchun 3 kishilik komissiyalar tuzilib, arizalar bo‘yicha qarorlar 10 kun ichida qabul qilinadi.

Arizasiz va avtomatlashtirilgan (proaktiv) xizmatlar

Yangi tartibga ko‘ra, quyidagi pensiya xizmatlari fuqaro murojaatisiz, proaktiv shaklda ko‘rsatiladi:

  • Nogironlik guruhi qayta belgilanganda yoki uzaytirilganda pensiya to‘lashni davom ettirish;

  • I guruh nogironligi belgilanganda pensiyani qayta hisoblash;

  • Oila a’zolari soni o‘zgarganda boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini davom ettirish;

  • 100 yoshga tolgan fuqarolarga qo‘shimcha to‘lovni tayinlash va to‘lash;

  • ID-karta muddati tugaganda yoki uzaytirilganda pensiya to‘lashni to‘xtatmaslik.