Qurilish vazirligi O‘zbekistonda minglab xavfli liftlarni aniqladiJamiyatToshkentda 720 dan ortiq noqonuniy qurilgan ko‘p qavatli uy aniqlandiJamiyatXorijdagi pensiyadorlar shaxsini MyID orqali masofadan tasdiqlashi mumkin bo‘ladiJamiyatNavoiy va Chirchiqda fuqarolar daromadi va xarajatini oshkor qilishga majbur bo‘ladiJamiyatToshkentda kuryerni haqoratlagan Brasserie Park restorani xodimi 5 sutkaga qamaldiJamiyatO‘zbekistonda davlat xizmatchilari formasiga o‘xshash kiyimlarni kiyish taqiqlanishi kutilmoqdaJamiyatBeeline egasi Perfectum’ni 207 mln dollarga sotib olmoqdaJamiyatToshkentda 290 kishida qizamiq kasalligiga shubha gumon qilindiJamiyatO‘zbekistonda Telegram’da ovozli qo‘ng‘iroqlar nima uchun yomon ishlamoqda?JamiyatQirg‘iziston va Qozog‘istonda 2027-yilgi Ramazon oyi boshlanish sanasi ma’lum qilindiDunyo

Toshkentda 720 dan ortiq noqonuniy qurilgan ko‘p qavatli uy aniqlandi

Toshkentda 720 dan ortiq noqonuniy qurilgan ko‘p qavatli uy aniqlandi

Toshkentda me’morchilik organlari noqonuniy qurilgan 720 dan ortiq ko‘p qavatli uy aniqlandi. Uylarning mustahkamligi va infratuzilmasi instrumental tekshiruvdan o‘tkaziladi.

Vazir bayonoti va muammoning ko‘lami

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Sherzod Hidoyatov Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi «Hukumat soati»da Toshkent shahrida me’morchilik organlarining tegishli ruxsatnomalarisiz qurilgan 720 dan ortiq ko‘p qavatli uyaniqlanganini ma’lum qildi. Mamlakat bo‘ylab o‘tkazilgan xatlov natijasida bunday muammoli obyektlar ko‘pligi ko‘rinib qolgan.

Deputat Dilmurod Ismoilov yangi uylar atrofida bolalar va sport maydonchalari hamda avtoturargohlar yetishmasligini, ayrim tumanlarda bo‘sh yer maydonlari qolmaganini va quruvchilar o o‘z majburiyatlarini bajarmayotganini ta’kidladi.

Hidoyatovning tushuntirishicha, 2024-yil oxirida Toshkent shahrining Bosh rejasi tasdiqlangunga qadar auksionga chiqarilgan yerlarda ko‘plab tadbirkorlar ruxsatnomasiz uy-joy qurgan va bu bugungi kunda eng og‘riqli masalalardan biriga aylangan.

Muammoli uylar taqdiri nima bo‘ladi

Hozirda noqonuniy va muammoli obyektlar bilan Bosh prokuratura shug‘ullanmoqda.

Ushbu uylarni foydalanishga qabul qilish uchun alohida tartib va talablar belgilangan:

  • Bino binolarining mustahkamligi: uylar albatta instrumental tekshiruvdan o‘tkazilib, ularning seysmik xavfsizligi o‘rganiladi;

  • Infratuzilma talabi: bino atrofida bolalar maydonchasi, avtoturargoh va chiqindi konteynerlari uchun joylar tashkil etilmaguncha ular foydalanishga topshirilmaydi;

  • Moliyalashtirish: prezident qarori bilan bolalar maydonchalari, piyodalar yo‘laklari va infratuzilmani tiklash uchun 520 mlrd so‘m ajratilgan.

Yangi loyihalar nazorati va sun’iy intellekt

Vazirning ta’kidlashicha, ruxsat berish jarayonlari to‘liq raqamlashtirilgan. Loyihalarni ekspertizadan o‘tkazish elektron tizimiga sun’iy intellekt joriy etilgan. Agar loyihada zarur avtoturargoh yoki bolalar maydonchasi ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, AI tizimi uni avtomatiq tarzda rad etadi va qabul qilmaydi.

Shuningdek, vazirlik fuqarolarni xonadon sotib olishdan oldin obyektning «Shaffof qurilish» tizimida ro‘yxatdan o‘tganini tekshirishga chaqirdi.

Noqonuniy qurilish uchun jinoiy javobgarlik

Eslatib o‘tamiz, 28-sentabr kuni ko‘p kvartirali uylarni noqonuniy qurganlik uchun javobgarlikni kuchaytiruvchi qonun qabul qilindi. Ma’muriy jazodan so‘ng noqonuniy qurilishni takroran amalga oshirganlik uchun 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilandi.

Shaharsozlik qonunchiligini buzish inson o‘limiga yoki boshqa og‘ir oqibatlarga olib kelsa, 5 yildan 7 yilgacha qamoq jazosi qo‘llaniladi. Ushbu qonun 2026-yil dekabr oyi oxirida kuchga kiradi.

Qolaversa, Bosh prokuratura aholiga noqonuniy qurilishlar haqida xabar berish imkonini beruvchi @noqonuniy_qurilish_botTelegram-botini ishga tushirgan.