Toshkentda kuzgi issiq suv o‘chirilishi jadvali e’lon qilindiJamiyatToshkentda tez yordamga yo‘l bermagan BYD haydovchisining mashinasi jarima maydonchasiga joylashtirildiJamiyatO‘zbekistonda 100 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonliklar uchun Tailandga viza olish bo‘yicha qo‘llanmaJamiyatO‘zbekistonda 18 ta bozor va savdo majmuasidagi davlat ulushi sotuvga qo‘yiladiJamiyatToshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdiSiyosatTramp Oyni AQShga tegishli deb e’lon qildiDunyoPo‘lat Bobojonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildiSiyosatShavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildiSiyosat

Uzbekistan Airways Rossiyaga reyslar sonini kamaytiradi

Uzbekistan Airways Rossiyaga reyslar sonini kamaytiradi

Uzbekistan Airways aviayonilg‘i taqchilligi va uning narxi oshishi sababli Rossiya shaharlariga parvozlar chastotasini qisqartirmoqda. Yo‘lovchilarga chiptalarni bepul qaytarish yoki boshqa sanaga ko‘chirish imkoni beriladi.

Avvalroq tashuvchi Moskva, Sankt-Peterburg, Qozon, Yekaterinburg, Krasnoyarsk, Novosibirsk, Xabarovsk va Rossiyaning boshqa bir qator shaharlariga muntazam reyslarni amalga oshirib kelayotgan edi. Aviakompaniya xabariga ko‘ra, mamlakatlar o‘rtasidagi aviaaloqalar to‘liq saqlab qolinadi, biroq bir qator yo‘nalishlarda parvozlar chastotasi qisqartiriladi.

Kompaniya rahbariyati ushbu cheklovlar aviayonilg‘i taqchilligi yuzaga kelgani hamda uning tannarxi keskin oshib ketgani bilan bog‘liqligini bildirdi.

Parvozlari bekor qilingan reyslarning yo‘lovchilari qo‘shimcha to‘lovlarsiz xuddi shu yo‘nalishdagi eng yaqin bo‘sh reyslarga chiptalarini almashtirishlari mumkin. Shuningdek, aviachipta qiymatini hech qanday jarima ва ushlanmalarsiz to‘liq qaytarib olish imkoniyati mavjud. Mablag‘ni qaytarish chipta sotib olingan joyning o‘zida amalga oshiriladi. Agar chipta Uzbekistan Airways sayti yoki mobil ilovasi orqali xarid qilingan bo‘lsa, offers@uzairways.com elektron pochtasiga so‘rov yuborish lozim.