O‘zbekistonlik tomoshabinlar Red Bull Dance Your Style jahon finali g‘olibini aniqlashda birinchi marta ovoz berishadiJamiyatIjtimoiy ҳimoya agentligi tizimidagi xodimlarga 120 foizgacha ustama belgilash taklif etilmoqdaJamiyatChirchiqda maktab hududida jamoat joyida masturbatsiya qilgan erkak videoga olindiJamiyatO‘zgidromet dam olish kunlarida quruq va iliq ob-havo bo‘lishini ma’lum qildiJamiyatXorijdagi o‘zbekistonliklar foydasiga 850 ming dollar ish haqi va kompensatsiya undirildiJamiyatBotkin qabristonida devor qulashi oqibatida qabr toshlari shikastlandiJamiyatO‘zbekistonda «Chiqindilar to‘g‘risida»gi qonun yangilanmoqdaJamiyatToshkentda mehmonxona xodimlari mijozlarni videoga olib, qizga shahvoniy shilqimlik qildiJamiyatToshkent viloyatida IIB xodimi voyaga yetmagan qizni zorlaganlikda ayblandiJamiyatO‘zbekistonda san’atkorlarga qo‘shiq va chiqishlari uchun xavf ballari beriladiJamiyat

Farg‘ona vodiysi Markaziy Osiyoning eng seysmologik xavfli hududlaridan biri bo‘lib qolmoqda — JSST

Farg‘ona vodiysi Markaziy Osiyoning eng seysmologik xavfli hududlaridan biri bo‘lib qolmoqda — JSST

Farg‘ona vodiysidagi kuchli zilzila bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikistonning 11 million aholisiga ta’sir qilishi mumkin. JSST aholining xavf haqida yetarli darajada xabardor emasligini ma’lum qildi.

O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston hududida joylashgan Farg‘ona vodiysi Markaziy Osiyodagi eng zaif seysmologik hududlardan biri hisoblanadi. Bu yerda 11 millionga yaqin aholi istiqomat qiladi, deya xabar berdi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti.

Tashkilotning qayd etishicha, geografik joylashuvi sababli Farg‘ona vodiysida yuz beradigan kuchli zilzila bir vaqtning o‘zida uchta davlatga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu bilan birga, mutaxassislar aholining mavjud seysmik xavf-hatarlar haqida yetarli darajada xabardor emasligiga e’tibor qaratmoqda.

JSST o‘z sharhida dunyodagi eng faol yoriqlardan biri — Shimoliy Anadolu yorig‘i yaqinida joylashgan Istanbul shahriga ham alohida to‘xtalib o‘tdi. Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, yaqin o‘n yilliklarda Turkiyaning ushbu eng yirik shahrida kuchli zilzila sodir bo‘lish ehtimoli 40–60 foiz oralig‘ida baholanmoqda.

JSST hisobotiga ko‘ra, zilzilalar eng ko‘p o‘limga olib keladigan tabiiy ofat bo‘lib qolmoqda. 2000-yildan 2023-yilgacha bo‘lgan davrda tabiiy ofatlar oqibatidagi barcha o‘lim holatlarining yarmidan ko‘pi aynan zilzilalar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Tashkilot 2023-yilda Turkiya va Suriyada sodir bo‘lgan vayronkor zilzilalarni misol qilib keltirdi. Ushbu ofat tabiiy ofatdan so‘ng darhol tibbiyot muassasalarining uzluksiz ishlashi qanchalik muhimligini ko‘rsatdi. Agar shifoxonalar ofatning dastlabki soatlarida ishdan chiqsa, minglab jabrlanganlar o‘z vaqtida ko‘rsatiladigan tibbiy yordamsiz qolib ketishi mumkin.

JSST ehtimoliy zilzilalarga tayyorgarlik ko‘rish ularning oqibatlarini bartaraf etishdan ko‘ra ancha arzonga tushishini ta’kidlaydi. BMT hisob-kitoblariga ko‘ra, seysmik chidamlilik talablarini hisobga olgan holda yangi shifoxonalar qurish loyiha qiymatini 4 foizdan kamroqqa oshiradi, mavjud binolarni modernizatsiya qilish esa bino qiymatining qariyb 1 foizini tashkil etib, ularning yer silkinishlariga chidamliligini sezilarli darajada oshiradi.

Tibbiyot infratuzilmasini mustahkamlashdan tashqari, ekspertlar muntazam ravishda o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazishni, tezkor tibbiy brigadalar tayyorgarligini ta’minlashni, xalqaro hamkorlikni takomillashtirishni hamda aholining eng zaif qatlamlarini himoya qilishga alohida e’tibor qaratishni tavsiya etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Markaziy Osiyo davlatlari mintaqaning seysmik chidamliligini oshirish bo‘yicha qo‘shma bayonot imzolagan edi. Bu yerda har yili 23 mingdan ortiq yer silkinishi qayd etiladi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish