O‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyatToshkentning yagona ayol tuman hokimi Nilufar Allabergenova ham lavozimidan olindiJamiyatO‘zbekiston texnikumlarida 1 mlrd so‘mgacha grantga ega spin-off kompaniyalari ochiladiJamiyat

Po‘lat Bobojonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi

Po‘lat Bobojonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi

Po‘lat Bobojonov Prezidentning kadrlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. Davlat rahbari administratsiyasida ushbu lavozim va kadrlar bo‘linmasi tugatildi.

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning ma’lum qilishicha, Po‘lat Bobojonov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. Mazkur kadrlar o‘zgarishi davlat rahbari administratsiyasi tuzilmasini maqbullashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar doirasida amalga oshirildi.

Tuzilmaviy maqbullashtirish va ma’muriy islohotlar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimi hamda tegishli bo‘linma butunlay tugatildi. Kadrlar va kadrlar siyosatiga oid qator vazifalar Administratsiyaning boshqa xizmatlari o‘rtasida qayta taqsimlandi.

Yangi taqsimotga ko‘ra, davlat mukofotlari va geraldika sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, shuningdek, joylardagi davlat hokimiyati organlari bilan yaqindan hamkorlik qilish va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish vazifalari Komplaens xizmatining qo‘shimcha yo‘nalishlari etib belgilandi.

Shu bilan birga, mahalla instituti faoliyati samaradorligini yanada oshirish vazifasi Prezidentning vakillik organlari, nodavlat nomatlaot tashkilotlari va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘linmasining qo‘shimcha faoliyat yo‘nalishi sifatida biriktirildi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish