Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

Toshkentning Yakkasaroy tumanida ko‘p qavatli uyning fasadi yonib ketdi

Toshkentning Yakkasaroy tumanida ko‘p qavatli uyning fasadi yonib ketdi

Toshkent shahri Nukus ko‘chasida ko‘p qavatli uyning fasadi yonib ketdii. FVV qutqaruvchilari aholini evakuatsiya qilib, olovni to‘liq o‘chirishdi. Jabrlanganlar yo‘q.

Bugun 13-iyun kuni ertalab poytaxtning Yakkasaroy tumanida favqulodda holat qayd etildi. Soat taxminan 10:20 larda Nukus ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli turar joy binosining fasad (tashqi qoplama) qismida yong‘in kelib chiqdi. FVV qutqaruv guruhlari chaqiruv joyiga bir necha daqiqa ichida yetib borib, olovni o‘chirish harakatlarini boshladi.

Xavfsizlik choralarini ta’minlash maqsadida bino ichidagi barcha aholi zudlik bilan xavfsiz hududga evakuatsiya qilindi. Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida olovning xonadonlar ichiga o‘tib ketishining oldi olindi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida jarohat olganlar yoki qurbonlar yo‘q.

Ko‘rilgan choralar tufayli yong‘in soat 11:00 da qurshab olindi va oradan o‘n daqiqa o‘tib, soat 11:10 larda butunlay o‘chirildi. Vaziyat to‘liq favqulodda xizmatlar nazoratida bo‘ldi. Hozirda mutaxassislar tomonidan yong‘inning kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish