So‘nggi:
O‘zbekistonda pensiyalar miqdori oshishi mumkin: to‘lovlar yangicha hisoblanadiIqtisodiyotXususiy ta’lim maskanlarida ovozli kameralar o‘rnatish majburiy bo‘ldiJamiyatToshkent viloyatida bog‘cha bolalari ommaviy zaharlangani yuzasidan 11 kishiga hukm o‘qildiJamiyatO‘zbekistonda elektr energiyasi iste’moli bo‘yicha yangi rekord qayd etildiJamiyatSurxondaryoda jazirama sabab og‘ir yuk mashinalari harakati vaqtincha cheklandiJamiyatOld oynalar tonirovkasini arzonlashtirish rejalashtirilmayapti — YHXXJamiyatIV “Ravshan Zolotoy”ga nisbatan xalqaro qidiruv bekor qilinganining sababini ma’lum qildiJamiyatO‘zbekistonda “dekret” va “bolnichniy” pullarini to‘lashning yangi tartibi joriy etildiJamiyatFarg‘onada bukmekerlik hisobini to‘ldirgan fuqaroning telefoni olib qo‘yildiJamiyatSog‘liqni saqlash vazirligi anomal issiq sababli aholiga tavsiyalar berdiJamiyat

Toshkentdagi Fransiya viza markazi navbatga yozilish tizimini o‘zgartirmoqda

Toshkentdagi Fransiya viza markazi navbatga yozilish tizimini o‘zgartirmoqda

1-iyuldan Fransiya viza markazi TLScontact sayohat vizasi uchun avtomatik navbat tizimini joriy qiladi. Bu joylarni 500 dollargacha sotgan vositachilarga qarshi chora hisoblanadi.

Yangi qoidalarga ko‘ra, ariza beruvchilar endi qabul kuni va vaqtini saytdan mustaqil ravishda tanlay olmaydilar va band qila olmaydilar. Hujjat topshirish vaqti tizim tomonidan, bo‘sh joylarning mavjudligiga qarab avtomatik ravishda belgilanadi. Ushbu yangi tartib faqat qisqa muddatli turistik vizalarga taalluqli bo‘lib, vizaning boshqa barcha turlari uchun navbatga yozilish tartibi avvalgidek o‘zgarishsiz qoladi.

Yangi tizim qanday ishlaydi

Navbatga turish uchun ariza beruvchi dastlab TLScontact platformasida ro‘yxatdan o‘tishi va o‘z anketasi bo‘yicha barcha kerakli ma’lumotlarni taqdim etishi lozim. Hujjatlar tekshirilgandan so‘ng, tizim foydalanuvchiga so‘rov qabul qilingani va u navbatga qo‘yilgani haqida tasdiqnoma yuboradi.

Muayyan qabul vaqti generatsiya qilingandan keyin ariza beruvchining elektron pochtasiga bildirishnoma xati keladi. Xat kelgan vaqtdan boshlab fuqaroga viza markazining xizmat haqini to‘lash va tayinlangan navbatni tasdiqlash uchun to‘liq 24 soat (bir sutka) vaqt beriladi. Agar to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmasa, joy bekor qilinadi.

Vositachilar va viza mafiyasiga qarshi kurash

TLScontact vakillarining ta’kidlashicha, ushbu avtomatlashtirilgan tizim ariza beruvchilarni “firibgar va qimmat xizmat ko‘rsatuvchi vositachi agentliklar” g‘arazli harakatlaridan himoya qilish hamda barcha uchun adolatli imkoniyat yaratish maqsadida joriy etilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq bloger Nikita Makarenko, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari va “Gazeta.uz” nashri TLScontact tizimi orqali Fransiya vizasiga navbat olish mutloq imkonsiz bo‘lib qolganidan shikoyat qilishgan edi. Saytda oylab bo‘sh joylar ko‘rinmagan, biroq turli shaxsiy vositachilar va viza markazlari ijtimoiy tarmoqlarda navbatni 500 dollargacha bo‘lgan pul evaziga olib berishni taklif qilishgan.

Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi ushbu vaziyat ortidan o‘zbekistonliklarni norasmiy to‘lovlarni amalga oshirmaslikka chaqirgan va tizimda muntazam tekshiruvlar boshlanganini ma’lum qilgan edi. Diplomatik missiya firibgarlik holatlari aniqlangan taqdirda, barcha aybdorlarga nisbatan jiddiy sanksiyalar qo‘llanishini eslatib o‘tdi.