«Bunyodkor» stadioni elektr energiyasidan salkam 2 mlrd so‘m qarzdor bo‘lib qoldiSportToshkent va Mavrikiy o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g me’yoriy va charter parvozlar yo‘lga qo‘yiladiJamiyatQo‘shtepa tumanida ayol shifoxona hamshiralariga pichoq bilan hujum qildiJamiyatToshkent va Andijon o‘rtasida yangi CRRC-Daliyan tezyurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladiJamiyatToshkentda kuzgi issiq suv o‘chirilishi jadvali e’lon qilindiJamiyatToshkentda tez yordamga yo‘l bermagan BYD haydovchisining mashinasi jarima maydonchasiga joylashtirildiJamiyatO‘zbekistonda 100 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonliklar uchun Tailandga viza olish bo‘yicha qo‘llanmaJamiyatO‘zbekistonda 18 ta bozor va savdo majmuasidagi davlat ulushi sotuvga qo‘yiladiJamiyatToshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyat

Toshkentdagi Bo‘zsuv kanali bo‘yida daraxtlarni kesmasdan yirik ekopark barpo etiladi

Toshkentdagi Bo‘zsuv kanali bo‘yida daraxtlarni kesmasdan yirik ekopark barpo etiladi

Toshkentning Bo‘zsuv kanali bo‘yida yirik ekologik loyihani amalga oshirishga kirishildi. Poytaxt hokimligining ma’lum qilishicha, loyihaning asosiy tamoyili hududdagi mavjud tabiiy muhit, yovvoyi tabiat va tabiiy relyefni asl holaticha saqlab qolishdan iborat.

Ma’muriyat hududdagi birorta daraxt yoki buta kesilmasligini, bu masala hokimlik va ekologiya organlarining alohida nazoratida bo‘lishini ta’kidladi. Aksincha, hududni yanada ko‘kalamzorlashtirish uchun qo‘shimcha ko‘chatlar ekiladi. Loyihaning eng o‘ziga xos jihatlaridan biri — yovvoyi qushlar va hayvonlar uchun maxsus ekologik orolchalar yaratilishidir.

Uchtepa tumani va butun poytaxt aholisining mazmunli hordiq chiqarishi uchun kanal bo‘yida quyidagi qulayliklar yaratiladi:

  • piyodalar va velosiped yo‘lakchalari,

  • bolalar va sport maydonchalari,

  • shinam dam olish joylari va jamoat maskanlari,

  • baliq ovlash uchun maxsus jihozlangan joylar.

Bundan tashqari, suv sporti turlarini rivojlantirish maqsadida bu yerda baydarka va kanoeda eshkak eshish bilan shug‘ullanish uchun alohida zonalar tashkil etiladi. Hudud xavfsizligini ta’minlash uchun himoya to‘siqlari, zamonaviy yoritish tizimlari o‘rnatiladi.

Loyihaning yana bir muhim qismi — kanal ustidan o‘tuvchi yangi piyodalar ko‘prigi bo‘lib, u o‘zaro 5 ta mahallani bog‘laydi. Ekspertlarning fikricha, ushbu maskan tabiatni asragan holda shahar infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha poytaxtdagi yangi namuna xiyoboniga aylanadi.