O‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyatToshkentning yagona ayol tuman hokimi Nilufar Allabergenova ham lavozimidan olindiJamiyatO‘zbekiston texnikumlarida 1 mlrd so‘mgacha grantga ega spin-off kompaniyalari ochiladiJamiyat

Toshkentda xususiy klinika shifokori amaliyotchi qizlarga shilqimlik qilgani uchun qamaldi

Toshkentda xususiy klinika shifokori amaliyotchi qizlarga shilqimlik qilgani uchun qamaldi

Toshkent shahri Olmazor tumani sudi tibbiyot oliygohi talabalariga shahvoniy shilqimlik qilgan 33 yoshli urolog-shifokorni 5 sutkaga qamoqqa olish haqida qaror chiqardi.

Toshkentdagi xususiy klinikalardan birida ishlovchi 33 yoshli urolog-shifokor amaliyot o‘tashga kelgan talaba qizlarga shahvoniy shilqimlik qilgani uchun ma’muriy javobgarlikka tortildi. Kun.uz sud qarori tafsilotlari bilan tanishdi.

Surishtiruv davomida shifokor tomonidan sodir etilgan ikkita holat o‘z tasdig‘ini topgan. Birinchi voqea 2026-yil 26-mart kuni shifokorning xizmat xonasida yuz bergan — u amaliyotchi qizga jinsiy aloqada bo‘lishni taklif qilgan. Keyinroq, 28-aprel kuni u boshqa bir talaba qizga tegajog‘lik qilib, uni yaxshi ko‘rib qolganini, unga uylanmoqchiligini aytgan. Evaziga esa qiz amaliyotga kelmagan kunlari uchun ham dars jadvallariga ijobiy baholar qo‘yib berishni va’da qilgan.

Jabrlanuvchi qizlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilib, shifokorga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘raganlar. Talabalardan biri o‘z vajlarini isbotlash uchun shifokor bilan bo‘lgan suhbatning diktofon yozuvini taqdim etgan.

Sudda erkak aybiga faqat qisman iqror bo‘ldi. U birinchi qizga shilqimlik qilganini inkor etdi, ikkinchi holat bo‘yicha esa talabani shunchaki “sevib qolgani”ni iddao qildi.

2026-yil 1-iyun kuni Olmazor tumani sudi shifokorni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasi 1-qismi (Shahvoniy shilqimlik qilish) bo‘yicha aybdor deb topdi va unga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosini tayyinladi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish