O‘zbekistonda 100 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonliklar uchun Tailandga viza olish bo‘yicha qo‘llanmaJamiyatO‘zbekistonda 18 ta bozor va savdo majmuasidagi davlat ulushi sotuvga qo‘yiladiJamiyatToshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdiSiyosatTramp Oyni AQShga tegishli deb e’lon qildiDunyoPo‘lat Bobojonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildiSiyosatShavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildiSiyosatVeolia Energy Toshkentning uchta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chirilishi haqida ogohlantirdiJamiyatProfilaktika inspektorlariga mahallalarda YHQ buzilishi bo‘yicha jarima solish huquqi beriladiJamiyat

Toshkentda xususiy bog‘cha tarbiyachisi bolalarni muntazam ravishda kaltaklab kelgan

Toshkentda xususiy bog‘cha tarbiyachisi bolalarni muntazam ravishda kaltaklab kelgan

Tarmoqlarda Rayyona Kids bog‘chasida bolalar ayovsiz kaltaklangani aks etgan video tarqaldi. Tarbiyachiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda xususiy maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilari tarbiyalanuvchilarga nisbatan jismoniy kuch ishlatayotgani tasvirlangan video lavha tarqaldi.

Aniqlanishicha, mazkur holat Rayyona Kids xususiy bog‘chasida sodir bo‘lgan bo‘lib, unda 34 yoshli tarbiyachi A. G. bolalarga nisbatan tizimli ravishda jismoniy zo‘ravonlik qilib, shafqatsiz munosabatda bo‘lib kelgan. Hozirda bolalar olgan tan jarohatlarini baholash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Toshkent shahar IIBB bergan ma’lumotga ko‘ra, ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 110-moddasi (Qiynash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi vaziyatni o‘z nazoratiga olganini hamda huquqni muhofaza qilish organlari bilan birgalikda ishchi guruh tuzilganini ma’lum qildi. Vazirlik litsenziya talablariga rioya etmagan va bunday qonunbuzilishlariga yo‘l qo‘ygan bog‘chalarning litsenziyasi bekor qilinishi haqida ogohlantirdi.