O‘zbekistonda 100 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonliklar uchun Tailandga viza olish bo‘yicha qo‘llanmaJamiyatO‘zbekistonda 18 ta bozor va savdo majmuasidagi davlat ulushi sotuvga qo‘yiladiJamiyatToshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdiSiyosatTramp Oyni AQShga tegishli deb e’lon qildiDunyoPo‘lat Bobojonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildiSiyosatShavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildiSiyosatVeolia Energy Toshkentning uchta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chirilishi haqida ogohlantirdiJamiyatProfilaktika inspektorlariga mahallalarda YHQ buzilishi bo‘yicha jarima solish huquqi beriladiJamiyat

Toshkentda uxlab qolgan yo‘lovchiga tegajog‘lik qilgan taksi haydovchisi 5 sutkaga qamaldi

Toshkentda uxlab qolgan yo‘lovchiga tegajog‘lik qilgan taksi haydovchisi 5 sutkaga qamaldi

Toshkentda sud taksi haydovchisini mashinada uxlab qolgan ayolning ko‘kragiga tekkani uchun shahvoniy shilqimlik moddasi bo‘yicha aybdor deb topdi va hibsga oldi.

Toshkentda shahvoniy shilqimlik sodir etishda ayblangan taksi haydovchisi Sh. M.ga nisbatan sud hukmi o‘qildi. UzNews.uz muxbirining sud qaroriga tayanib xabar berishicha, voqea mashina belgilangan manzilgacha yetib kelgan vaqtda yuz bergan — haydovchi safar davomida uxlab qolgan yo‘lovchi ayol Sh. X.ning ojizligidan foydalanib, uning ko‘kragiga qo‘li bilan tekkan.

Sud majlisida huquqbuzar Sh. M. o‘z aybiga mutlaqo iqror bo‘lmadi. Uning vaj qilishicha, mijoz ayol mashinada spirtli ichimlik ta’sirida bo‘lgani sababli uxlab qolgan. Haydovchi ayolga nisbatan hech qanday uyatsiz harakatlar qilmaganini, aksincha, uni shunchaki uyg‘otishga va avtomobildan tushib olishiga ko‘maklashishga harakat qilganini da’vo qildi.

Sud ish holatlarini atroflicha o‘rganib chiqib, haydovchining ko‘rsatmalari asossiz ekanini aniqladi. Sh. M. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 41-1-moddasi (Shahvoniy shilqimlik) bilan aybdor deb topildi. Unga nisbatan 5 sutka muddatga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.