So‘nggi:
Olti oyda 18 nafar IIV xodimi xizmat vazifasini bajarish chog‘ida vafot etdiJamiyatQashqadaryoda tulki bolasi tirnagan erkak vafot etdiJamiyatO‘zbekistonda pensiyalar miqdori oshishi mumkin: to‘lovlar yangicha hisoblanadiIqtisodiyotXususiy ta’lim maskanlarida ovozli kameralar o‘rnatish majburiy bo‘ldiJamiyatToshkent viloyatida bog‘cha bolalari ommaviy zaharlangani yuzasidan 11 kishiga hukm o‘qildiJamiyatO‘zbekistonda elektr energiyasi iste’moli bo‘yicha yangi rekord qayd etildiJamiyatSurxondaryoda jazirama sabab og‘ir yuk mashinalari harakati vaqtincha cheklandiJamiyatOld oynalar tonirovkasini arzonlashtirish rejalashtirilmayapti — YHXXJamiyatIV “Ravshan Zolotoy”ga nisbatan xalqaro qidiruv bekor qilinganining sababini ma’lum qildiJamiyatO‘zbekistonda “dekret” va “bolnichniy” pullarini to‘lashning yangi tartibi joriy etildiJamiyat

Toshkentda soxta 10 ming dollarni 6,5 mingga pullamoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Toshkentda soxta 10 ming dollarni 6,5 mingga pullamoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament va huquqni muhofaza qiluvchi organlar poytaxtdasoxta 10 ming dollarni savdosining oldini oldi.

Toshkent shahrida Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boshqarmasi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda soxta xorijiy valyutani muomalaga kiritishga bo‘lgan urinish cheklandi.

Xususan, o‘tkazilgan reyd davomida fuqaro A. A. jinoiy ustida ushlanib, zararsizlantirildi. U boshqa bir fuqaro R. Z.ga har biri 100 dollarlik kupyuralardan iborat bo‘lgan jami 10 ming soxta AQSH dollarini 6,5 ming haqiqiy AQSH dollariga sotayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (Qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi ochilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.