So‘nggi:
O‘zbekistonda pensiyalar miqdori oshishi mumkin: to‘lovlar yangicha hisoblanadiIqtisodiyotXususiy ta’lim maskanlarida ovozli kameralar o‘rnatish majburiy bo‘ldiJamiyatToshkent viloyatida bog‘cha bolalari ommaviy zaharlangani yuzasidan 11 kishiga hukm o‘qildiJamiyatO‘zbekistonda elektr energiyasi iste’moli bo‘yicha yangi rekord qayd etildiJamiyatSurxondaryoda jazirama sabab og‘ir yuk mashinalari harakati vaqtincha cheklandiJamiyatOld oynalar tonirovkasini arzonlashtirish rejalashtirilmayapti — YHXXJamiyatIV “Ravshan Zolotoy”ga nisbatan xalqaro qidiruv bekor qilinganining sababini ma’lum qildiJamiyatO‘zbekistonda “dekret” va “bolnichniy” pullarini to‘lashning yangi tartibi joriy etildiJamiyatFarg‘onada bukmekerlik hisobini to‘ldirgan fuqaroning telefoni olib qo‘yildiJamiyatSog‘liqni saqlash vazirligi anomal issiq sababli aholiga tavsiyalar berdiJamiyat

Toshkentda shifoxona xodimi bemor ayolga tegajog‘lik qilgani uchun 5 sutkaga qamaldi

Toshkentda shifoxona xodimi bemor ayolga tegajog‘lik qilgani uchun 5 sutkaga qamaldi

Bektemir tumanida sud shifoxona liftida bemor ayolning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitib, tegajog‘lik qilgan 38 yoshli xodimga nisbatan ma’muriy qamoq jazosini tayyinladi.

Sud hujjatlariga ko‘ra, voqea 2026-yil 10-iyun kuni tibbiyot muassasasining liftida sodir bo‘lgan. Shifoxona xodimi u yerda bo‘lgan ayolga nisbatan uning sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi so‘zlar aytgan hamda uning qo‘llari va tanasiga ruxsatsiz tekkan. Shundan so‘ng ayolning sog‘lig‘i yomonlashgan va u klinika rahbariyatiga bo‘lgan voqea haqida xabar bergan.

Sud majlisida ayblanuvchi o‘z aybini tan olmadi va liftda faqat xizmat vazifasini bajarganini, ya’ni bemorni joylashtirish bilan band bo‘lganini da’vo qildi. Shuningdek, u voizadan keyin jabrlanuvchiga qo‘ng‘iroq qilib, uzr so‘raganini ham aytib o‘tgan. Jabrlanuvchi ayol esa sudga ushbu telefon suhbatining audioyozuvini dalil sifatida taqdim etdi.

Sud barcha materiallarni ko‘rib chiqib, Ш. Т.ni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasi 1-qismi bilan aybdor deb topdi. Unga nisbatan 5 sutka muddatga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.