O‘zbekistonda 100 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonliklar uchun Tailandga viza olish bo‘yicha qo‘llanmaJamiyatO‘zbekistonda 18 ta bozor va savdo majmuasidagi davlat ulushi sotuvga qo‘yiladiJamiyatToshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdiSiyosatTramp Oyni AQShga tegishli deb e’lon qildiDunyoPo‘lat Bobojonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildiSiyosatShavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildiSiyosatVeolia Energy Toshkentning uchta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chirilishi haqida ogohlantirdiJamiyatProfilaktika inspektorlariga mahallalarda YHQ buzilishi bo‘yicha jarima solish huquqi beriladiJamiyat

Toshkentda notanish tunda uylarning eshik tutqichlarini tortib, kirishga urinib yurgani aniqlandi

Toshkentda notanish tunda uylarning eshik tutqichlarini tortib, kirishga urinib yurgani aniqlandi

Toshkent shahrining Bektemir tumani ko‘p qavatli uylardan birida notanish tunda uylarning eshik tutqichlarini tortib, kirishga urinib yurgani aniqlandi.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, noma’lum shaxs ko‘p qavatli uylardan birining ichkarisiga kirib, qavatma-qavat yura boshlagan va har bir xonadon eshigining tutqichini (ruchkasini) asta tortib ko‘rgan. U shu yo‘l bilan tasodifan qulflanmay qolgan biron bir xonadonni topishni va ichkariga g‘arazli maqsadlarda kirishni ko‘zlagan.

Ushbu binoda yashovchilarning aytishicha, xonadonga bostirib kirish va o‘g‘rilik kabi og‘ir oqibatlarning oldi faqatgina tasodif hamda fuqarolarning hushyorligi sababli olingan. Shunday shubhali daqiqalarda uydagi yo‘lakda bo‘lgan ayol kishi tashqaridan eshik qulfining tiqirlagan ovozini eshitib qolgan. Ayol vaziyatni tezda anglab, noma’lum shaxs eshikni butunlay ochishga ulgurmasidan oldin uni ichkaridan qulflashga muvaffaq bo‘lgan.

Xonadon egalari uyg‘oqligini va eshik qulflanganini payqagan shubhali erkak qorong‘uda voqea joyidan tezda yashiringan. Guvohlar huquq-tartibot idoralaridan ushbu holatga jiddiy e’tibor qaratishni, hududdagi va kirish yo‘lagidagi kuzatuv kameralari yozuvlarini o‘rganib, ushbu shaxsni aniqlashni so‘ramoqda.

Kriminalistika sohasida “ochiq eshikka o‘g‘rilikka tushish” deb ataladigan ushbu usul jinoyatchilar orasida juda keng tarqalgan. O‘g‘rilar ko‘pincha fuqarolarning beparvoligiga, ishdan charchab kelib, kalitni burashni unutib qo‘yishlariga tayanadi.