O‘zbekistonlik tomoshabinlar Red Bull Dance Your Style jahon finali g‘olibini aniqlashda birinchi marta ovoz berishadiJamiyatIjtimoiy ҳimoya agentligi tizimidagi xodimlarga 120 foizgacha ustama belgilash taklif etilmoqdaJamiyatChirchiqda maktab hududida jamoat joyida masturbatsiya qilgan erkak videoga olindiJamiyatO‘zgidromet dam olish kunlarida quruq va iliq ob-havo bo‘lishini ma’lum qildiJamiyatXorijdagi o‘zbekistonliklar foydasiga 850 ming dollar ish haqi va kompensatsiya undirildiJamiyatBotkin qabristonida devor qulashi oqibatida qabr toshlari shikastlandiJamiyatO‘zbekistonda «Chiqindilar to‘g‘risida»gi qonun yangilanmoqdaJamiyatToshkentda mehmonxona xodimlari mijozlarni videoga olib, qizga shahvoniy shilqimlik qildiJamiyatToshkent viloyatida IIB xodimi voyaga yetmagan qizni zorlaganlikda ayblandiJamiyatO‘zbekistonda san’atkorlarga qo‘shiq va chiqishlari uchun xavf ballari beriladiJamiyat

Toshkentda kanalda oqib ketayotgan qizni qutqargan temiryo‘lchi pul mukofoti bilan taqdirlandi

Toshkentda kanalda oqib ketayotgan qizni qutqargan temiryo‘lchi pul mukofoti bilan taqdirlandi

Sergeli tumanida temiryo‘l sozlovchisi A’zam Ibrohimov Qorasuv kanalida oqib ketayotgan o‘smir qizni qutqarib qoldi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” rahbariyati xodimni mukofotladi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ matbuot xizmatining xabar berishicha, voqea 9-iyun kuni Toshkent temiryo‘l masofasi korxonasining temiryo‘l sozlovchisi A’zam Ibrohimov o‘zining xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtda yuz bergan.

Xodim Sergeli tumani hududidan o‘tuvchi Qorasuv kanali yaqinida ishlayotganida, suvda kuchli oqim bilan oqib ketayotgan va jon achchig‘ida yordam so‘rayotgan ikki nafar qizni ko‘rib qolgan. U zudlik bilan o‘zini suvga tashlab, o‘smir qizni qutqarib qolishga muvaffaq bo‘lgan va unga qirg‘oqda birinchi yordam ko‘rsatgan.

Temiryo‘lchining ushbu fidokorona harakati va ko‘rsatgan jasorati kompaniya rahbariyati tomonidan yuqori baholandi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rahbariyati A’zam Ibrohimovga o‘z minnatdorchiligini bildirib, faxriy tashakkurnoma, esdalik sovg‘alari hamda pul mukofotini tantanali ravishda topshirdi. Eslatib o‘tamiz, may oyi oxirida Qashqadaryoning Kitob tumanida daryoga tushib ketgan bolani qutqargan FVV ofitseri ham vazir tomonidan ko‘krak nishoni bilan mukofotlangan edi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish