O‘zbekistonlik tomoshabinlar Red Bull Dance Your Style jahon finali g‘olibini aniqlashda birinchi marta ovoz berishadiJamiyatIjtimoiy ҳimoya agentligi tizimidagi xodimlarga 120 foizgacha ustama belgilash taklif etilmoqdaJamiyatChirchiqda maktab hududida jamoat joyida masturbatsiya qilgan erkak videoga olindiJamiyatO‘zgidromet dam olish kunlarida quruq va iliq ob-havo bo‘lishini ma’lum qildiJamiyatXorijdagi o‘zbekistonliklar foydasiga 850 ming dollar ish haqi va kompensatsiya undirildiJamiyatBotkin qabristonida devor qulashi oqibatida qabr toshlari shikastlandiJamiyatO‘zbekistonda «Chiqindilar to‘g‘risida»gi qonun yangilanmoqdaJamiyatToshkentda mehmonxona xodimlari mijozlarni videoga olib, qizga shahvoniy shilqimlik qildiJamiyatToshkent viloyatida IIB xodimi voyaga yetmagan qizni zorlaganlikda ayblandiJamiyatO‘zbekistonda san’atkorlarga qo‘shiq va chiqishlari uchun xavf ballari beriladiJamiyat

Toshkentda ichimlik suvi rejalashtirilgan tarzda o‘chiriladi

Toshkentda ichimlik suvi rejalashtirilgan tarzda o‘chiriladi

2026-yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida Toshkent shahri tumanlarida 14-sentabrdan 22-oktabrgacha ichimlik suvi bosimi pasayadi va vaqtincha o‘chiriladi.

«Toshkent shahar suv ta’minoti» AJ 2026-yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish hamda yirik suvo‘tkazgich tarmoqlarida rejali profilaktika-ta’mirlash ishlarini olib borish munosabati bilan poytaxt tumanlarida ichimlik suvi ta’minoti vaqtincha to‘xtatilishini ma’lum qildi. Suv ta’minotidagi cheklovlar va uzilishlar 14-sentabrdan 22-oktabrgacha bo‘lgan davrda jadvalga muvofiq bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

Suv ta’minoti to‘xtatilgan hududlarga suv tashuvchi maxsus avtomashinalar yuboriladi. Qozonxonalarda suv ta’minoti uzilishi sababli ayrim hududlarda issiq suv hamda ichimlik suvi bir vaqtda to‘xtashi mumkin.

Suv o‘chirilishi jadvallari va hududlar:

  • 14-sentabr 09:00 dan 15-sentabr 09:00 gacha: Yunusobod tumanining Yangishahar, Chinobod ko‘chalari, «Manzara» va «High Town City» TJM hamda tergov hibsxonasi (SIZO).

  • 16-sentabr 09:00 dan 17-sentabr 14:00 gacha: Yashnobod, Mirzo Ulug‘bek, Mirobod, Sergeli, Yangihayot va Yakkasaroy tumanlaridagi bir qancha mahalla hamda ijtimoiy obyektlar.

  • 21-sentabr 09:00 dan 22-sentabr 14:00 gacha: Chilonzor, Sergeli va Yakkasaroy tumanlaridagi qator mahallalar, shifoxonalar hamda ta’lim muassasalari.

  • 23-sentabr 09:00 dan 24-sentabr 14:00 gacha: Mirzo Ulug‘bek va Yunusobod tumanlarining ayrim mahalla hamda mavzelari.

  • 28-sentabr 09:00 dan 29-sentabr 15:00 gacha: Yunusobod va Olmazor tumanlari hududlari.

  • 5-oktabr 09:00 dan 6-oktabr 15:00 gacha: Yunusobod, Shayxontohur (jumladan «Tashkent City» va qator davlat idoralari) hamda Chilonzor tumanlari.

  • 7-oktabr 09:00 dan 8-oktabr 15:00 gacha: Mirzo Ulug‘bek, Yashnobod, Bektemir, Sergeli, Mirobod va Yangihayot tumanlari.

  • 12-oktabr 09:00 dan 13-oktabr 12:00 gacha: Yunusobod tumanining «Jomiy» va «Registonsoy» mahallalari.

  • 14-oktabr 09:00 dan 15-oktabr 15:00 gacha: Olmazor, Shayxontohur hamda Uchtepa tumanlari mahallalari.

  • 19-oktabr 09:00 dan 20-oktabr 15:00 gacha: Yunusobod tumanining Chinobod va Sohibkor ko‘chalari atrofidagi hududlar.

  • 21-oktabr 09:00 dan 22-oktabr 14:00 gacha: Chilonzor tumanidagi «Charx Kamolon», «Novza», «Qozirabod», «Do‘mbirobod» va boshqa mahallalar, tibbiyot markazlari.

Murojaat uchun markaziy dispetcherlik xizmati telefonlari: 1054, (+998 71) 256-10-95, 252-60-08.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish