O‘zbekistonda 100 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonliklar uchun Tailandga viza olish bo‘yicha qo‘llanmaJamiyatO‘zbekistonda 18 ta bozor va savdo majmuasidagi davlat ulushi sotuvga qo‘yiladiJamiyatToshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdiSiyosatTramp Oyni AQShga tegishli deb e’lon qildiDunyoPo‘lat Bobojonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildiSiyosatShavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildiSiyosatVeolia Energy Toshkentning uchta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chirilishi haqida ogohlantirdiJamiyatProfilaktika inspektorlariga mahallalarda YHQ buzilishi bo‘yicha jarima solish huquqi beriladiJamiyat

Toshkentda «Evropa Plyus O‘zbekiston» radiosi Oriat FM o‘rnida ish boshladi

Toshkentda «Evropa Plyus O‘zbekiston» radiosi Oriat FM o‘rnida ish boshladi

Poytaxtdagi Oriat FM radiostansiyasi brendini o‘zgartirdi va endi «Evropa Plyus O‘zbekiston» nomi ostida efirga chiqmoqda. 100,5 FM chastotasi va jamoa o‘zgarishsiz qoldi.

Oriat FM xodimlarining aniqlik kiritishicha, radiostansiya o‘z ishini to‘xtatgani yo‘q va efir chastotasini o‘zgartirmagan. Bu yerda gap keng ko‘lamli rebrending haqida bormoqda — endilikda loyiha xalqaro miqyosda taniqli brend nomi ostida, biroq o‘zining qadrdon 100,5 FM to‘lqinida efirga uzatiladi.

«Evropa Plyus» — sobiq ittifoq hududidagi eng qadimiy va nufuzli musiqiy radiobrendlardan biri hisoblanadi. 1990-yil bahorida «Evropa Plyus Moskva» nomi bilan ishga tushirilgan ushbu loyiha SSSR tarixidagi birinchi nodavlat tijorat radiostansiyasi bo‘lib tarixga kirgan. O‘shanda radioning ilk efiri Jon Lennonning ramziy ma’nodagi Imagine qo‘shig‘i bilan ochilgan edi. O‘tgan davr mobaynida loyiha yirik xalqaro tarmoqqa aylandi va bugungi kunda Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Armaniston, Moldova va endilikda O‘zbekistonda ham muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.

Yangilangan efirning asosini CHR (Contemporary Hit Radio) xalqaro formati tashkil etadi. Bu degani, radiostansiya 35 yoshgacha bo‘lgan faol auditoriyaga mo‘ljallangan eng so‘nggi va ommabop jahon hamda mahalliy pop-xit taronalarni keayu kunduz uzatib boradi. Musiqadan tashqari, radioda o‘zining axborot tahrariyati tomonidan tayyorlanadigan tezkor yangiliklar bloklari ham saqlanib qoladi.

Bugungi kunda ushbu brend multimedialilikka katta e’tibor qaratmoqda. Tarmoq efirlari Visual-STUDIO formatiga moslashtirilgan bo‘lib, bu tinglovchilarga boshlovchilar va taklif etilgan yulduzlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri videomuloqot orqali onlayn kuzatish imkonini beradi. O‘z tarixi davomida tarmoq DRM+ raqamli eshittirish formatini joriy etish, ko‘p millionli Europa Plus LIVE ochiq osmon ostidagi festivalini o‘tkazish va hatto sayyoramizning eng shimoliy nuqtasidan efirga chiqib, Ginnesning rekordlar kitobiga kirish kabi qator yutuqlarga erishgan.