O‘zbekistonlik tomoshabinlar Red Bull Dance Your Style jahon finali g‘olibini aniqlashda birinchi marta ovoz berishadiJamiyatIjtimoiy ҳimoya agentligi tizimidagi xodimlarga 120 foizgacha ustama belgilash taklif etilmoqdaJamiyatChirchiqda maktab hududida jamoat joyida masturbatsiya qilgan erkak videoga olindiJamiyatO‘zgidromet dam olish kunlarida quruq va iliq ob-havo bo‘lishini ma’lum qildiJamiyatXorijdagi o‘zbekistonliklar foydasiga 850 ming dollar ish haqi va kompensatsiya undirildiJamiyatBotkin qabristonida devor qulashi oqibatida qabr toshlari shikastlandiJamiyatO‘zbekistonda «Chiqindilar to‘g‘risida»gi qonun yangilanmoqdaJamiyatToshkentda mehmonxona xodimlari mijozlarni videoga olib, qizga shahvoniy shilqimlik qildiJamiyatToshkent viloyatida IIB xodimi voyaga yetmagan qizni zorlaganlikda ayblandiJamiyatO‘zbekistonda san’atkorlarga qo‘shiq va chiqishlari uchun xavf ballari beriladiJamiyat

Toshkentda Cobalt haydovchisi otishma bilan yakunlangan quvib o‘tish poygasini sodir etdi

Toshkentda Cobalt haydovchisi otishma bilan yakunlangan quvib o‘tish poygasini sodir etdi

Toshkentning Shota Rustaveli ko‘chasida psixonevrologiya dispanserida ro‘yxatda turuvchi Cobalt haydovchisi YHQni qo‘pol ravishda buzib, bir nechta mashinaga shikast yetkazdi. Milliy gvardiya yoki IIB xodimlari mashina g‘ildiragiga o‘q uzib, uni to‘xtatdi.

IIB ma’lumotlariga ko‘ra, voqea 11-iyun kuni soat taxminan 21:34 larda poytaxtning eng gavjum qismlaridan biri — Shota Rustaveli ko‘chasida yuz bergan. Rulda bo‘lgan 1982-yilda tug‘ilgan erkak psixonevrologiya dispanserida hisobda turishi aniqlangan.

YPX xodimlari qoidabuzarni to‘xtatishga harakat qilgan, biroq haydovchi qonuniy talablarni mensimasdan harakatni davom ettirgan. Quvib o‘tish jarayonida Cobalt haydovchisi boshqa harakat ishtirokchilari uchun real xavf tug‘dirib,yo‘lda bir nechta avtomobillarga borib urilgan ва ularga shikast yetkazgan. Ogohlantirishlarga bo‘ysunmagan transport vositasini to‘xtatish va og‘irroq oqibatlarning oldini olish maqsadida xodimlar xizmat qurolidan foydalangan holda mashina g‘ildiragiga o‘q uzgan.

Shundan so‘nggina shinalari shikastlangan avtomobil to‘xtatilib, qoidabuzar qo‘lga olingan. Hozirda ushbu holat yuzasidan protsessual surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. Huquq tartibot idoralari voqea tafsilotlarini o‘rganib,shikastlangan transport vositalariga yetkazilgan moddiy zarar miqdorini hisoblamoqda. Hodisa oqibatida jabrlanganlar bor-yo‘qligiga aniqlik kiritilmoqda.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish