So‘nggi:
Toshkentdagi YTHda halok bo‘lgan 29 yoshli YHXB motoguruhi komandiri Qo‘qonda dafn etildiJamiyatJismoniy shaxslarga yer va mol-mulk soliqlari bo‘yicha imtiyoz olishning elektron tartibi joriy etildiIqtisodiyotRossiyadagi Wildberries omborlariga dronlar orqali shiddatli hujum uyushtirildiDunyoToshkentda so‘nggi 28 yildagi eng yuqori issiqlik ko‘rsatkichi qayd etilishi mumkinJamiyatRustam Jo‘rayev Prezident davlat xavfsizlik xizmati raisi etib tayinlandiSiyosatIssiq sababli Toshkent shahri va viloyatida 8 mingdan ortiq iste’molchi chiroqsiz qoldiJamiyatAnomal issiq kunlarda tez yordamga kelib tushgan chaqiriqlar soni ochiqlandiJamiyatDunyoga mashhur reper Kanye Vest Olmaotada konsert beradiDunyoRossiyada migrantlarga smartfon sotib olish majburiyati yuklanishi mumkinDunyoO‘zbekistonlik bokschilar Osiyo chempionatida mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritishdiSport

Toshkentda avtobus yo‘lovchisi shahvoniy shilqimlik uchun qamaldi

Toshkentda avtobus yo‘lovchisi shahvoniy shilqimlik uchun qamaldi

Yangihayot tumanida 47-sonli avtobus ichida yo‘lovchi ayolga nisbatan shahvoniy shilqimlik qilgan 34 yoshli erkak sud qilindi. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasi bilan aybdor deb topilgan shaxsga qamoq jazosi berildi.

Ish hujjatlariga ko‘ra, voqea metroning “Chinor” bekati yaqinida harakatlanayotgan 47-sonli avtobus salonida yuz bergan. 34 yoshli fuqaro L. A. yo‘lovchi ayolning yonidan o‘tayotib, qasddan uning badaniga tegib, nojo‘ya va uyatsiz harakatlar sodir etgan.

Jabrlanuvchi ayol ushbu holat bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ariza bilan murojaat qilgan. Shundan so‘ng huquqbuzar erkakka nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ish sudga oshirilgan.

Sud majlisi davomida ayblanuvchi o‘z qilmishini to‘liq bo‘yniga olib, jabrlanuvchiga nisbatan haqiqatdan ham shilqimlik qilganini tasdiqladi. U qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, kelgusida bunday qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslikka va’da berdi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Yangihayot tumani sudi qarori bilan L. A. O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 41-1-moddasi (Shahvoniy shilqimlik) bo‘yicha aybdor deb topildi. Sud hukm chiqarishda huquqbuzarning shaxsi, oilaviy va moddiy sharoiti hamda chin dildan pushaymonligini inobatga olib, unga 5 sutka muddatga ma’muriy qamoq jazosini tayyorladi.