В Юнусабадском районе Ташкента произошел конфликт между школьникамиJamiyatXorijdan qaytgan O‘zbekiston fuqarolariga biznes uchun 60 mln so‘mgacha grant beriladiJamiyatO‘zbekistonda «Avtomobilsiz kun» aksiyasi o‘tkaziladiJamiyatTinchliksevar Kongo Demokratik Respublikasida Ebolaga qarshi kurashish uchun 5 ming nafar tibbiyot xodimi yetishmayaptiDunyo«Bunyodkor» stadioni elektr energiyasidan salkam 2 mlrd so‘m qarzdor bo‘lib qoldiSportToshkent va Mavrikiy o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g me’yoriy va charter parvozlar yo‘lga qo‘yiladiJamiyatQo‘shtepa tumanida ayol shifoxona hamshiralariga pichoq bilan hujum qildiJamiyatToshkent va Andijon o‘rtasida yangi CRRC-Daliyan tezyurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladiJamiyatToshkentda kuzgi issiq suv o‘chirilishi jadvali e’lon qilindiJamiyatToshkentda tez yordamga yo‘l bermagan BYD haydovchisining mashinasi jarima maydonchasiga joylashtirildiJamiyat

Toshkentda 240 ta yangi avtobus xarid qilinadi va 16 ta yangi yo‘nalish ochiladi

Toshkentda 240 ta yangi avtobus xarid qilinadi va 16 ta yangi yo‘nalish ochiladi

Toshkent shahar xalq deputatlari kengashi jamoat transportidagi tizimli muammolarni hal etish bo‘yicha qaror qabul qildi. Rejada 240 ta avtobus xarid qilish, 56 km alohida yo‘laklar tashkil etish va 1100 dan ortiq bekatlarni rekonstruksiya qilish belgilangan.

Bugungi kunda tig‘iz vaqtlarda avtobus kutish vaqti 35–40 daqiqagacha cho‘zilayotgani jiddiy muammo sifatida qayd etilgan. Bunga asosiy sabab — maxsus ajratilgan yo‘laklarning yetishmasligidir. Mavjud 87,4 km uzunlikdagi yo‘laklar shahar magistral yo‘llarining atigi 18,5 foizini tashkil etadi, oqibatda avtobuslar umumiy tirbandliklarda qolib ketmoqda. Hozirda jamoat transportining umumiy tashishlardagi ulushi atigi 35 foizni tashkil etmoqda.

Vaziyatni o‘zgartirish uchun 240 ta yangi avtobus xarid qilish, 16 ta yangi yo‘nalish ochish va kunlik reyslar sonini 25 mingtaga yetkazish topshirildi. Jamoat transporti ustuvorligini ta’minlash maqsadida 16,2 km uzunlikdagi BRT liniyalari va 56 km qo‘shimcha alohida avtobus yo‘laklari tashkil etiladi. Yo‘laklarda tartibni saqlash uchun 600 dan ortiq kuzatuv kameralari o‘rnatiladi, transport oqimini real vaqt rejimida boshqarish uchun esa 545 ta «aqlli» svetofor tizimi joriy qilinadi.

Infratuzilmani yaxshilash doirasida 1116 ta mavjud bekat rekonstruksiya qilinadi va 70 ta yangi to‘xtash joyi quriladi. Shuningdek, yangi qurilgan turar joy massivlari aholisining murojaatlari inobatga olingan holda, bekatlar joylashuvi qayta ko‘rib chiqiladi. Ushbu choralar poytaxt ko‘chalarida avtobuslarning jadval asosida va uzluksiz harakatlanishini ta’minlashi kutilmoqda.