Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

Toshkent oliygohlarida darslar soat 08:00 dan boshlanadi

2026/2027-o‘quv yilidan poytaxtdagi OOTlarda birinchi smena darslari soat 08:00 dan boshlanishi belgilandi. Qaror yo‘llardagi tirbandlikni kamaytirish va transport oqimini tartibga solishga qaratilgan.

Poytaxtdagi oliy ta’lim muassasalarida yangi 2026/2027-o‘quv yilidan e’tiboran o‘quv jarayoni va dars jadvaliga muhim o‘zgartirish kiritilmoqda. Toshkent shahrida joylashgan barcha oliy ta’lim tashkilotlarida birinchi smenadagi o‘quv mashg‘ulotlari rasman soat 08:00 dan e’tiboran boshlanishi belgilandi.

Tegishli qaror talabalar hamda professor-o‘qituvchilar tarkibiga yetkazilib, oliygohlar rahbarlariga yangi tartib bo‘yicha zarur shart-sharoitlarni yaratish topshirildi.

Dars mashg‘ulotlarining vaqtini ertaroqqa surishdan asosiy maqsad — poytaxt yo‘llaridagi transport oqimini samarali boshqarish va tig‘iz vaqtlardagi tirbandliklarni keskin kamaytirishdan iborat.

Ertalabki jamoat transporti hamda ko‘chalardagi yuklamani maqbullashtirish orqali nafaqat talabalar va pedagoglarning qatnovi yengillashtiriladi, balki kunduzgi hamda kechki ta’lim shakllarida tahsil olayotgan talabalarning o‘quv kunini to‘g‘ri rejalashtirish imkoniyati kengayadi.

Oliygohlar ma’muriyati yangi jadvallarni shakllantirish va binolar faoliyatini belgilangan vaqtga moslashtirish choralarini ko‘rmoqda.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish