Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

Toshkent markazidagi 5 ta svetofor yagona tizimga biriktirildi

Toshkent markazidagi 5 ta svetofor yagona tizimga biriktirildi

Poytaxtning Amir Temur xiyoboni atrofida haydovchilar uchun svetoforlarning uzluksiz ishlash rejimi yo‘lga qo‘yildi. Bu tirbandlikni kamaytirishga xizmat qiladi.

Yangi mexanizm avtomobillarning to‘xtovsiz harakatlanishiga sharoit yaratadi. Hozircha ushbu qulaylik ikki yo‘nalishda ishlamoqda: Buxoro ko‘chasi kesishmasidan Olay bozori tomon hamda Temuriylar tarixi davlat muzeyi yonidan Buxoro ko‘chasi chorrahasigacha bo‘lgan masofada.

Harakatlanish qoidalari va istiqboldagi rejalar

Svetoforlar bir vaqtning o‘zida emas, balki ma’lum bir vaqt oraliqida ketma-ket yashil chiroqni yoqadi. Bu vaqtOralig‘i yo‘ldagi o‘rtacha tezlikdan kelib chiqib hisoblangan. Tizimdan samarali foydalanish uchun haydovchilardan quyidagilar talab etiladi:

  • Harakatni faqat ruxsat beruvchi ishora yonganda boshlash;

  • Belgilangan tezlik me’yorini buzmaslik va kutilmagan manevrlardan qochish;

  • Oldinda borayotgan transport vositasi bilan xavfsiz masofani saqlash.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ushbu loyihadan maqsad poytaxt ko‘chalarida poyga o‘tkazish emas, balki avtomobillar oqimini bir maromda ushlab turishdir. Yaqin orada xiyobondan Maxtumquli ko‘chasi tomonga olib chiquvchi yo‘nalish ham ushbu tizimga ulanadi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish