В Юнусабадском районе Ташкента произошел конфликт между школьникамиJamiyatXorijdan qaytgan O‘zbekiston fuqarolariga biznes uchun 60 mln so‘mgacha grant beriladiJamiyatO‘zbekistonda «Avtomobilsiz kun» aksiyasi o‘tkaziladiJamiyatTinchliksevar Kongo Demokratik Respublikasida Ebolaga qarshi kurashish uchun 5 ming nafar tibbiyot xodimi yetishmayaptiDunyo«Bunyodkor» stadioni elektr energiyasidan salkam 2 mlrd so‘m qarzdor bo‘lib qoldiSportToshkent va Mavrikiy o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g me’yoriy va charter parvozlar yo‘lga qo‘yiladiJamiyatQo‘shtepa tumanida ayol shifoxona hamshiralariga pichoq bilan hujum qildiJamiyatToshkent va Andijon o‘rtasida yangi CRRC-Daliyan tezyurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladiJamiyatToshkentda kuzgi issiq suv o‘chirilishi jadvali e’lon qilindiJamiyatToshkentda tez yordamga yo‘l bermagan BYD haydovchisining mashinasi jarima maydonchasiga joylashtirildiJamiyat

Toshkent hokimi Shavkat Umurzoqov xodimlarni ishdan o‘z vaqtida ketishga chaqirdi

Toshkent hokimi Shavkat Umurzoqov xodimlarni ishdan o‘z vaqtida ketishga chaqirdi

Toshkent shahri hokimi Shavkat Umurzoqov Anhor.uz’ga bergan intervyusida xodimlarning motivatsiyasi va ish grafigi haqida gapirdi. U xodimlardan soat 18:00 da ishdan ketishni va dam olish kunlari ishlamaslikni talab qiladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, u qo‘l ostidagi xodimlardan ish kuni tugashi bilan, ya’ni soat 18:00 da ish joyini tark etishni hamda zarurat bo‘lmasa, shanba va yakshanba kunlari ishga chiqmaslikni talab qiladi.

«Mening qat’iy talabim, masalan, ish kuni tugagach, soat oltida ketishingiz kerak. Qancha ko‘p ish bo‘lmasin, ularning o‘z vaqtida ketishlari uchun bor kuchimni sarflayman. Shu bilan birga, men ularga shanba va yakshanba kunlari ishga chiqmaslikni aytaman», — dedi shahar hokimi.

Xodimlarni rag‘batlantirish va KPI tizimi

Shavkat Umurzoqov xodimlarning ijtimoiy masalalarini hal etish uchun hokimlikda rag‘batlantirish mexanizmlari, jumladan KPI (samadorlikning muhim ko‘rsatkichlari) tizimi joriy etilganini ta’kidladi. Shu bilan birga, u davlat (byudjet) tashkilotida pul bilan rag‘batlantirish imkoniyatlari cheklanganini ochiq tan oldi. «Shuning uchun men pul mukofotlari borasida unchalik muvaffaqiyatga erishdim deb ayta olmayman», — deya ta’kidladi u.

Hokimning qo‘shimcha qilishicha, moddiy rag‘batlantirishning asosiy choralari obodonlashtirish sohasi xodimlariga yo‘naltirilgan — xususan, ularning ish haqini oshirish va pul mukofotlari berishga alohida e’tibor qaratilmoqda.