So‘nggi:
Toshkentdagi YTHda halok bo‘lgan 29 yoshli YHXB motoguruhi komandiri Qo‘qonda dafn etildiJamiyatJismoniy shaxslarga yer va mol-mulk soliqlari bo‘yicha imtiyoz olishning elektron tartibi joriy etildiIqtisodiyotRossiyadagi Wildberries omborlariga dronlar orqali shiddatli hujum uyushtirildiDunyoToshkentda so‘nggi 28 yildagi eng yuqori issiqlik ko‘rsatkichi qayd etilishi mumkinJamiyatRustam Jo‘rayev Prezident davlat xavfsizlik xizmati raisi etib tayinlandiSiyosatIssiq sababli Toshkent shahri va viloyatida 8 mingdan ortiq iste’molchi chiroqsiz qoldiJamiyatAnomal issiq kunlarda tez yordamga kelib tushgan chaqiriqlar soni ochiqlandiJamiyatDunyoga mashhur reper Kanye Vest Olmaotada konsert beradiDunyoRossiyada migrantlarga smartfon sotib olish majburiyati yuklanishi mumkinDunyoO‘zbekistonlik bokschilar Osiyo chempionatida mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritishdiSport

Telegram norasmiy ilovalardan foydalanuvchilar haqida ogohlantiradi

Telegram norasmiy ilovalardan foydalanuvchilar haqida ogohlantiradi

Telegram foydalanuvchilarni norasmiy ilovalar xavfidan ogohlantiradi. Endi suhbatdoshingiz xavfsiz bo‘lmagan dasturdan foydalansa, profilda maxsus belgi ko‘rinadi.

Telegram jamoasi foydalanuvchilarni uchinchi tomon dasturlari orqali kelib chiqishi mumkin bo‘lgan xavflardan himoya qilishning yangi usulini sinovdan o‘tkazmoqda. «Kod Durova» nashri ma’lumotlariga ko‘ra, endilikda foydalanuvchi profilida uning norasmiy ilovadan foydalanayotgani haqida bildirishnoma ko‘rsatiladi.

Xabarda aytilishicha, tizim nafaqat norasmiy mijozni aniqlaydi, balki «ushbu foydalanuvchiga yuborilgan xabarlar xavfsizligi past bo‘lishi mumkin» degan ogohlantirishni ham chiqaradi. Bunday qadam muqobil ilovalarda, xususan, Telega kabi mijozlarda jiddiy zaifliklar aniqlangani bilan bog‘liq. Ekspertlar ushbu ilovalarda trafikni tutib qolish (MITM-hujum) va ma’lumotlar markazi manzillarini begona serverlarga almashtirish kabi xavfli funksiyalar borligini aniqlashgan.

Hozircha Telegram rasmiylari ushbu funksiyaning aniq ishga tushish sanasini ma’lum qilmagan. Norasmiy mijozlar ko‘pincha qo‘shimcha funksiyalar va dizayn uchun yuklab olinsa-da, mutaxassislar ular orqali maxfiy chatlar bloklanishi yoki shaxsiy yozishmalar uchinchi shaxslar qo‘liga o‘tib ketishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.