O‘zbekistonga kelayotgan xorijiy sayyohlar oqimi 2026-yil oxiriga borib 15 mln kishidan oshadiJamiyatNamanganda brakonyerlar elektr qarmoq bilan Qizil kitobdagi baliqlarni ovlab, 1 mlrd so‘mdan ziyod zarar yetkazdiJamiyatO‘zbekiston talabalariga HEMIS orqali bir yillik bepul Google AI Pro obunasi ochildiJamiyatShavkat Mirziyoyev Toshkentdan Parkentga qatnaydigan yangi elektropoyezdda yurib ko‘rdiJamiyatO‘zbekistonda xorijliklarni endi deportatsiya markazida bir yilgacha ushlab turish mumkin bo‘ladiJamiyatO‘zbekistonda muddatidan oldin pensiyaga chiqish taqdimnomasini my.gov.uz orqali rasmiylashtirish yo‘lga qo‘yildiJamiyat2035-yilga borib dunyoda musulmonlar soni nasroniylardan oshib ketadiDunyoToshkentda Rossiya fuqarosi 9-qavatdan o‘zini tashlab, joniga qasd qildiJamiyatO‘zbekistonliklarga maosh olish uchun bank va hamyonni mustaqil tanlashga ruxsat berildiIqtisodiyotFiribgarlar to‘lov undirish maqsadida OAVlarining ijtimoiy tarmoqlariga ommaviy hujum boshladiJamiyat

O‘zbekistonga kelayotgan xorijiy sayyohlar oqimi 2026-yil oxiriga borib 15 mln kishidan oshadi

O‘zbekistonga kelayotgan xorijiy sayyohlar oqimi 2026-yil oxiriga borib 15 mln kishidan oshadi

Shavkat Mirziyoyev 2026-yil yakunida O‘zbekistonga 15 milliondan ortiq xorijiy sayyoh tashrif buyurishini prognoz qildi. 10 oyda mamlakatga 11,62 mln xorijlik keldi — o‘sish qariyb 19,4 foiz.

O‘zbekistonga tashrif buyuruvchi xorijiy sayyohlar soni 2026-yil oxiriga borib 15 million kishidan oshishi kutilmoqda.Bunday prognozni prezident Shavkat Mirziyoyev Parkent tumanidagi tadbirkorlar va investorlar bilan uchrashuvda bildirdi.

Ikki yillik ko‘rsatkichlar va sayyohlar xarajatlari

Uchrashuvda so‘nggi ikki yilda turizm ko‘rsatkichlaridagi o‘zgarishlar haqida ma’lumot berildi. Uzoq xorij davlatlaridan kelgan sayyohlarning o‘rtacha qolish muddati 6,5 kundan 8 kungacha uzaygan, bir sayyohning o‘rtacha xarajati esa 21 foizga oshgan. To‘lov qobiliyati yuqori bo‘lgan sayyohlar ulushi 14 foizdan 21 foizgacha ko‘tarilgan.

2026-yil yanvar – oktabr oylari statistikasi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar – oktabr oylarida O‘zbekistonga turistik maqsadlarda 11 622 103 nafar xorijlik tashrif buyurgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb 1,9 mln kishiga yoki 19,4 foizga ko‘pdir.

Eng ko‘p sayyoh qo‘shni davlatlardan kelgan:

  • Qirg‘iziston — 3,18 mln kishi;

  • Qozog‘iston — 2,7 mln;

  • Tojikiston — 2,55 mln.

Kuchli o‘ntalikdan shuningdek Rossiya (1 104 057 kishi), Afg‘oniston (432 651), Xitoy (430 326), Turkmaniston (289 933), Turkiya (169 553), Hindiston (64 344) va Germaniya (50 846) joy olgan.

Davlat rahbari kelgusida sohani rivojlantirishda faqat tashrif buyuruvchilar sonini ko‘paytirish emas, balki xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va sayyohlarning mamlakatda uzoqroq qolishi uchun sharoit yaratish ustuvor bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.

Izohlar

    Izoh qoldirish