So‘nggi:
Toshkentdagi YTHda halok bo‘lgan 29 yoshli YHXB motoguruhi komandiri Qo‘qonda dafn etildiJamiyatJismoniy shaxslarga yer va mol-mulk soliqlari bo‘yicha imtiyoz olishning elektron tartibi joriy etildiIqtisodiyotRossiyadagi Wildberries omborlariga dronlar orqali shiddatli hujum uyushtirildiDunyoToshkentda so‘nggi 28 yildagi eng yuqori issiqlik ko‘rsatkichi qayd etilishi mumkinJamiyatRustam Jo‘rayev Prezident davlat xavfsizlik xizmati raisi etib tayinlandiSiyosatIssiq sababli Toshkent shahri va viloyatida 8 mingdan ortiq iste’molchi chiroqsiz qoldiJamiyatAnomal issiq kunlarda tez yordamga kelib tushgan chaqiriqlar soni ochiqlandiJamiyatDunyoga mashhur reper Kanye Vest Olmaotada konsert beradiDunyoRossiyada migrantlarga smartfon sotib olish majburiyati yuklanishi mumkinDunyoO‘zbekistonlik bokschilar Osiyo chempionatida mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritishdiSport

Toshkentda avtoyuvish xodimi Portugaliya g‘alabasiga tikish uchun Spark’ni olib qochdi

Toshkentda avtoyuvish xodimi Portugaliya g‘alabasiga tikish uchun Spark’ni olib qochdi

Yunusobodda avtoyuvish shoxobchasi ishchisi mijozning mashinasini qismlarga bo‘lib sotish va pulini Portugaliya termasi g‘alabasiga tikish uchun o‘g‘irladi. Jinoyatchi tezda qo‘lga olindi.

Poytaxtning Yunusobod tumanida qimor va futbolga tikilgan garov sabab g‘ayrioddiy jinoyat sodir etildi. Avtoyuvish shoxobchalarining birida ishlovchi xodim mijoz tomonidan qoldirilgan Spark rusumli avtomobilni ruxsatsiz olib qochgan. Toshkent shahar IIBB Jinoyat qidiruv boshqarmasi hamda YHXB xodimlarining tezkor harakatlari natijasida transport vositasi va uni boshqargan shaxs Bektemir tumanida to‘xtatilib, qo‘lga olindi.

Sodir etilgan qilmish sababi o‘rganilganda, gumonlanuvchining tavakkalchilikka asoslangan rejalari fosh bo‘ldi. Ma’lum bo‘lishicha, u Spark’ni tezda ehtiyot qismlarga bo‘lib sotib yubormoqchi bo‘lgan. Tushgan barcha pullarni esa 1xBet platformasi orqali Portugaliya terma jamoasining g‘alabasiga tikishni maqsad qilgan. Shu yo‘l bilan u katta yutuqni qo‘lga kiritib, bor qarzdorliklarini yopishni rejalashtirgan, biroq uning o‘ylagan rejasi butkul barbod bo‘ldi. Hozirda tergovoldi tekshiruv ishlari ketmoqda. Avtotransport vositasini talon-toroj qilish maqsadida olib qochgan shaxs Jinoyat kodeksining 267-moddasiga asosan 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.