So‘nggi:
Olti oyda 18 nafar IIV xodimi xizmat vazifasini bajarish chog‘ida vafot etdiJamiyatQashqadaryoda tulki bolasi tirnagan erkak vafot etdiJamiyatO‘zbekistonda pensiyalar miqdori oshishi mumkin: to‘lovlar yangicha hisoblanadiIqtisodiyotXususiy ta’lim maskanlarida ovozli kameralar o‘rnatish majburiy bo‘ldiJamiyatToshkent viloyatida bog‘cha bolalari ommaviy zaharlangani yuzasidan 11 kishiga hukm o‘qildiJamiyatO‘zbekistonda elektr energiyasi iste’moli bo‘yicha yangi rekord qayd etildiJamiyatSurxondaryoda jazirama sabab og‘ir yuk mashinalari harakati vaqtincha cheklandiJamiyatOld oynalar tonirovkasini arzonlashtirish rejalashtirilmayapti — YHXXJamiyatIV “Ravshan Zolotoy”ga nisbatan xalqaro qidiruv bekor qilinganining sababini ma’lum qildiJamiyatO‘zbekistonda “dekret” va “bolnichniy” pullarini to‘lashning yangi tartibi joriy etildiJamiyat

Soliq qo‘mitasi aholining banklardagi omonatlari va pul o‘tkazmalari to‘g‘risida ma’lumot olmoqchi

Soliq qo‘mitasi aholining banklardagi omonatlari va pul o‘tkazmalari to‘g‘risida ma’lumot olmoqchi

Soliq qo‘mitasi tomonidan banklar tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarning hisobvaraqlari yoki omonatlariga (depozitlariga) oid axborotlarni soliq organiga taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Mazkur chora yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish hamda bank-soliq o‘zaro axborot almashinuvini raqamlashtirish maqsadida ishlab chiqilgan.

Hujjat loyihasiga ko‘ra, banklar mijozlarning hisobvaraqlari ochilgani va yopilgani to‘g‘risidagi ma’lumotlarni soliq organlariga elektron shaklda ma’lum qilishi, shuningdek, so‘rovga ko‘ra axborot taqdim etishi shart bo‘ladi. Eng ko‘p muhokamalarga sabab bo‘layotgan bandga muvofiq, agar jismoniy shaxsning bank kartalariga bir kalendar oy davomida boshqa shaxslardan (yaqin qarindoshlar bundan mustasno) BHMning 500 baravariga teng yoki undan oshadigan summada mablag‘ kelib tushsa, banklar bu haqda soliq organlariga xabar berishi shart etib belgilanmoqda. Bundan tashqari, chet el yuridik shaxslariga o‘tkazilgan mablag‘lar haqidagi ma’lumotlar ham taqdim etiladi.

Yangi tartibni joriy etish uchun Soliq qo‘mitasi va Markaziy bankka ikki oy muddatda avtomatlashtirilgan “Bank-soliq” axborot almashish maxsus modulini ishlab chiqish, to‘rt oy ichida esa banklar tizimini ushbu modul bilan to‘liq integratsiya qilish vazifasi yuklatilmoqda.