Qo‘shtepa tumanida ayol shifoxona hamshiralariga pichoq bilan hujum qildiJamiyatToshkent va Andijon o‘rtasida yangi CRRC-Daliyan tezyurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladiJamiyatToshkentda kuzgi issiq suv o‘chirilishi jadvali e’lon qilindiJamiyatToshkentda tez yordamga yo‘l bermagan BYD haydovchisining mashinasi jarima maydonchasiga joylashtirildiJamiyatO‘zbekistonda 100 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonliklar uchun Tailandga viza olish bo‘yicha qo‘llanmaJamiyatO‘zbekistonda 18 ta bozor va savdo majmuasidagi davlat ulushi sotuvga qo‘yiladiJamiyatToshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdiSiyosatTramp Oyni AQShga tegishli deb e’lon qildiDunyo

Sirdaryoda sud telefonida ekstremistik fayllar saqlagan yigitni jarimaga tortdi

Sirdaryoda sud telefonida ekstremistik fayllar saqlagan yigitni jarimaga tortdi

Sirdaryo viloyatida ijtimoiy tarmoqlardan yuklab olingan ekstremistik fayllar va videolarni telefonida saqlab kelgan yigit sudlanib, 10 BHM miqdorida jarimaga tortildi.

“Millar” dasturi reportajida ma’lum qilinishicha, noqonuniy fayllar huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan yigitning smartfoni tekshirilganda aniqlangan. Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning maxsus teologik ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ushbu materiallar O‘zbekiston hududida tarqatilishi va saqlanishi man etilgan kontentlar ro‘yxatiga kiritilgani tasdiqlangan.

Tergov hujjatlariga ko‘ra, sudlanuvchi yigit turli ijtimoiy tarmoqlar orqali taqiqlangan audio va videomateriallarni muntazam ravishda tinglab, tomosha qilib kelgan hamda ularni o‘z telefoniga yuklab olgan. Sud majlisi davomida ayblanuvchi o‘z aybiga to‘liq iqror bo‘ldi.

Sud fuqaroni jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi materiallarni qonunga xilof ravishda saqlaganlikda aybdor deb topdi va unga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 10 baravari miqdorida ma’muriy jarima jazosini tayinladi.