O‘zbekistonda 100 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonliklar uchun Tailandga viza olish bo‘yicha qo‘llanmaJamiyatO‘zbekistonda 18 ta bozor va savdo majmuasidagi davlat ulushi sotuvga qo‘yiladiJamiyatToshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdiSiyosatTramp Oyni AQShga tegishli deb e’lon qildiDunyoPo‘lat Bobojonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildiSiyosatShavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildiSiyosatVeolia Energy Toshkentning uchta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chirilishi haqida ogohlantirdiJamiyatProfilaktika inspektorlariga mahallalarda YHQ buzilishi bo‘yicha jarima solish huquqi beriladiJamiyat

Sirdaryo havzasida tutilgan baliqlarning yarmidan ko‘pida mikroplastik borligi tasdiqlandi

Sirdaryo havzasida tutilgan baliqlarning yarmidan ko‘pida mikroplastik borligi tasdiqlandi

O‘zbekiston va Rossiya olimlari Chirchiq hamda Qoradaryo baliqlarini tekshirib, ularning 60,7 foizida mikroplastik borligini aniqlashdi. Bunga to‘qimachilik sanoati oqovalari sabab bo‘lgan.

Chirchiq va Qoradaryo ozanidan tutilgan 61 ta baliq namunasi tahlil qilinganda, achinarli holat yuzaga chiqdi. Suv jonzotlarining 60,7 foizida sun’iy mikrozarrachalar mavjudligi ma’lum bo‘ldi. Har bir baliqning oshqozonidan o‘rtacha 2,61 dona plastik qoldig‘i ajratib olindi, vazn ko‘rsatkichiga nisbatan hisoblanganda esa bu raqam bir kilogramm baliq go‘shtiga 86,3 donani tashkil etmoqda.

Izlanishlar daryo jonzoti qanchalik yirik va yoshi katta bo‘lsa, uning tanasida shunchalik ko‘p zaharli modda yig‘ilishini ko‘rsatdi. Bu muammo o‘txor va yirtqich turlarga birdek xavf solmoqda.

Topilgan zararli unsurlarning asosiy qismi (Chirchiq daryosida 93 foizgacha) mayda mikrotolalardan iborat bo‘lib chiqdi. Ekspertlar ushbu holatni mamlakatda to‘qimachilik sanoati juda rivojlangani, biroq korxonalarning suv tozalash inshootlari bunday mayda qoldiqlarni ushlab qolishga moslashmagani bilan izohlashmoqda.

Laboratoriyada jami 15 turdagi polimer, jumladan, PET, polipropilen va viskoza aniqlandi. Sintetik moddalar baliqlarni ichki a’zolarini jarohatlash orqali jismonan va gormonal tizimni ishdan chiqarish orqali kimyoviy jihatdan kemirmoqda. Ekologlarning xulosasiga ko‘ra, daryo tubidagi loyqa qatlami suvning o‘ziga qaraganda bir necha barobar ko‘p ifloslangan bo‘lib, ushbu cho‘kmalar zanjir reaksiyasi orqali inson salomatligiga ham jiddiy tahdid tug‘diradi.