O‘zbekistonda 100 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonliklar uchun Tailandga viza olish bo‘yicha qo‘llanmaJamiyatO‘zbekistonda 18 ta bozor va savdo majmuasidagi davlat ulushi sotuvga qo‘yiladiJamiyatToshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdiSiyosatTramp Oyni AQShga tegishli deb e’lon qildiDunyoPo‘lat Bobojonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildiSiyosatShavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildiSiyosatVeolia Energy Toshkentning uchta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chirilishi haqida ogohlantirdiJamiyatProfilaktika inspektorlariga mahallalarda YHQ buzilishi bo‘yicha jarima solish huquqi beriladiJamiyat

O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel va suv toshqini xavfi e’lon qilindi

O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel va suv toshqini xavfi e’lon qilindi

“O‘zgidromet” 4 va 6-iyul kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar sababli respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkinligidan ogohlantirdi va shoshilinch xabar tarqatdi.

Shu munosabat bilan mutasaddi idoralar aholini va haydovchilarni xavfsizlik choralariga rioya etishga chaqirmoqda.

Sel kelishi ehtimoli yuqori bo‘lgan hududlar ro‘yxati:

  • Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlari;

  • Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrabot tumanlari;

  • Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlari;

  • Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlari;

  • Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlari;

  • Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Pskent, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlari hamda Angren, Olmaliq shaharlari;

  • Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlari;

  • Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlari;

  • Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlari hamda Xonobod shahri.

Mutaxassislarning qo‘shimcha qilishicha, respublikaning ayrim pasttekislik hududlarida yomg‘ir suvlari to‘planishi natijasida hududlarni suv bosishi holatlari ham kuzatilishi mumkin. Tog‘li hududlarda yashovchi fuqarolar, tog‘ va adirlarga dam olishga chiquvchilar hamda dovon yo‘llarida harakatlanuvchi haydovchilardan barcha zaruriy ehtiyot choralarini ko‘rish so‘raladi.