Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

Shavkat Mirziyoyev Urganch xalqaro aeroportidagi rekonstruksiya jarayoni bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Urganch xalqaro aeroportidagi rekonstruksiya jarayoni bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev 17-avgust kuni Urganch xalqaro aeroportini 264 mln dollarlik modernizatsiya qilish loyihasi bilan tanishdi. Incheon kompaniyasi hamkorligidagi loyiha orqali o‘tkazuvchanlik soatiga 1 300 yo‘lovchiga yetkaziladi.

Loyihaga xususiy sherik sifatida Janubiy Koreyaning dunyodagi eng yetakchi aviatsiyaviy xablaridan birini boshqaruvchi «Incheon International Airport Corporation» kompaniyasi jalb etilgan.

1960-yilda foydalanishga topshirilgan va 1992-yilda xalqaro maqom olgan aeroport orqali hozirda o‘ndan ortiq aviakompaniyalar muntazam reyslarni amalga oshirmoqda. Joriy yilning o‘zida majmualar tomonidan 126 milliard so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilgan bo‘lib, bu 2025-yilning mos davriga nisbatan 31 foizga ko‘pdir. Loyiha to‘liq yakunlangach, aeroportning o‘tkazish qobiliyati soatiga 300 nafardan 1 300 nafar yo‘lovchiga qadar oshadi.

Yangi imkoniyatlar va infratuzilma

Rekonstruksiya doirasida Boeing 747 hamda Airbus A350 kabi keng fyuzelyajli yirik samolyotlarni qabul qilish imkoniyati yaratiladi. Bu esa Xorazmga turli qit’alardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va uzoq masofali reyslarni yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi. Birinchi bosqichda 18 ta havo kemasi uchun turargoh hamda yangi yurish yo‘lagi qurib bitkaziladi.

Shuningdek, aeroportda biznes-zal, «duty free» zonalari, tibbiyot punkta va chegara-viza nazorati xizmatlari eng zamonaviy standartlar bo‘yicha tashkil etiladi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish