Toshkentda 6 kishi is gazidan vafot etdi: fojia yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildiJamiyatO‘zbekiston va Tailand o‘rtasida vizasiz rejim joriy etilishi mumkin: TIV bayonot berdiJamiyatQozog‘istonda boylar uchun soliq stavkasini oshirish taklif qilindiDunyoNoyabrda tungi ayoz kutilmoqda: sinoptiklar oylik ob-havo prognozini e’lon qildiJamiyatSun’iy intellekt dasturchilariga bepul GPU: Hukumatdan yangi imtiyozJamiyatSurxondaryoda qizining janjali sabab onaga jarima solindiJamiyatToshkentning oltita tumanida ichimlik suvi ta’minoti bir sutkaga vaqtincha to‘xtatiladiIqtisodiyotToshkentning 6 ta tumanida ichimlik suvi ta’minoti bir sutkaga vaqtincha to‘xtatiladiJamiyatFarg‘onada uchta bog‘chaning 51 nafar tarbiyalanuvchisi betoblanib qolgani yuzasidan surishtiruv boshlandJamiyatNamanganda eriga pichoq urgan ayolga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandiJamiyat

Shavkat Mirziyoyev Samarqandda Osiyo taraqqiyot banki yig‘ilishida ishtirok etadi

Shavkat Mirziyoyev Samarqandda Osiyo taraqqiyot banki yig‘ilishida ishtirok etadi

Shavkat Mirziyoyev 3–4-may kunlari Samarqandda OTB Boshqaruvchilar kengashining 59-yillik yig‘ilishida qatnashadi. Forumda 100 dan ortiq davlatdan 4 ming delegat ishtirok etishi kutilmoqda.

Davlat rahbari forumning ochilish marosimida nutq so‘zlashi hamda xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan. Anjumanning asosiy mavzusi mintaqaning o‘zaro bog‘liqligini mustahkamlash va iqtisodiy taraqqiyot yo‘llarini muhokama qilishga qaratilgan.

Besh kun davom etadigan sammitda 100 dan ortiq mamlakatdan kelgan 4 mingdan ziyod mehmonlar, jumladan, xalqaro moliya institutlari rahbarlari va yirik kompaniyalar menejerlari jam bo‘ladi. Ishtirokchilar e’tibor markazida raqamlashtirish, «yashil» energiya va oziq-ovqat xavfsizligi kabi dolzarb masalalar turadi.

O‘zbekiston OTB bilan 1995-yildan buyon hamkorlik qilib keladi va bugungi kunda bankning mamlakatdagi loyihalari umumiy qiymati 16 milliard dollarga yetgan. Samarqand ushbu nufuzli iqtisodiy anjumanga ikkinchi bor mezbonlik qilmoqda.

Izohlar

    Izoh qoldirish