O‘zbekistonda 100 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonliklar uchun Tailandga viza olish bo‘yicha qo‘llanmaJamiyatO‘zbekistonda 18 ta bozor va savdo majmuasidagi davlat ulushi sotuvga qo‘yiladiJamiyatToshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdiSiyosatTramp Oyni AQShga tegishli deb e’lon qildiDunyoPo‘lat Bobojonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildiSiyosatShavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildiSiyosatVeolia Energy Toshkentning uchta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chirilishi haqida ogohlantirdiJamiyatProfilaktika inspektorlariga mahallalarda YHQ buzilishi bo‘yicha jarima solish huquqi beriladiJamiyat

Shahrisabzda 5 sotixli issiqxonada nasha yetishtirgan Ilhom Shoimov hibsga olindi

Shahrisabzda 5 sotixli issiqxonada nasha yetishtirgan Ilhom Shoimov hibsga olindi

“Xavfsiz va sog‘lom yurt” tadbirlari doirasida Shahrisabzda yirik narkoplantatsiya fosh etildi. 714 tup kannabis parvarishlagan shaxs qamoqqa olindi.

Olingan tezkor ma’lumotlar asosida viloyat IIB, Davlat xavfsizlik xizmati (DXX), Shahrisabz shahar IIB hamda qo‘riqlash xizmati xodimlari hamkorligida maxsus tekshiruv o‘tkazildi. Tadbir davomida Shahrisabz shahrida yashovchi fuqaro Ilhom Shoimovga tegishli xonadon va yordamchi xo‘jaliklar xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

Tekshiruvlar natijasida uy hovlisidagi 5 sotix maydonni egallagan issiqxona ichida qonunga xilof ravishda 714 tup kannabis (nasha) o‘simligi ekilib, agrotexnik qoidalar asosida parvarishlab kelinayotgani fosh etildi. Mazkur holat yuzasidan barcha protsessual hujjatlar belgilangan tartibda rasmiylashtirilib, taqiqlangan o‘simliklar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Shahrisabz shahar IIB Tergov bo‘limi tomonidan fuqaro I. Shoimovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 2-qismi “v” bandi (Taqiqlangan ekinlarni yirik miqdorda taqiqlangan usulda kultivatsiya qilish) hamda 273-moddasi 5-qismi “a” bandi (Giyovandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda tayyorlash va saqlash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchiga nisbatan sud tomonidan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi, tergov harakatlari davom etmoqda.