O‘zbekistonda 100 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonliklar uchun Tailandga viza olish bo‘yicha qo‘llanmaJamiyatO‘zbekistonda 18 ta bozor va savdo majmuasidagi davlat ulushi sotuvga qo‘yiladiJamiyatToshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdiSiyosatTramp Oyni AQShga tegishli deb e’lon qildiDunyoPo‘lat Bobojonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildiSiyosatShavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildiSiyosatVeolia Energy Toshkentning uchta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chirilishi haqida ogohlantirdiJamiyatProfilaktika inspektorlariga mahallalarda YHQ buzilishi bo‘yicha jarima solish huquqi beriladiJamiyat

Sergeli va Yangihayotdagi oqova suv hidi muammosi sentabrgacha hal etiladi

Sergeli va Yangihayotdagi oqova suv hidi muammosi sentabrgacha hal etiladi

Prezident 1-sentabrga qadar Sergelidagi oqova suv inshootlariga zamonaviy filtrlar o‘rnatish topshirig‘ini berdi. Shuningdek, tumanda 23 km yo‘llar tartibga solinib, “aqlli” svetoforlar o‘rnatiladi va BRT liniyasi quriladi.

Ushbu chora Sergeli va Yangihayot tumanlari aholisini uzoq vaqtdan buyon qiynab kelayotgan yoqimsiz badbo‘y hid muammosini bartaraf etishga qaratilgan. Mazkur muammoni tubdan hal etish maqsadida kelasi yili BAA lik hamkorlar bilan birgalikda Quyi Chirchiq tumanida quvvati sutkasiga 300 ming kubometr bo‘lgan zamonaviy oqova suv tozalash inshootlari qurilishi boshlanadi. Bu loyiha Sergelidagi mavjud infratuzilma yuklamasini sezilarli darajada kamaytiradi.

Ekologik choralardan tashqari, joriy yilda tumandagi 23 kilometrlik asosiy magistral yo‘llarda harakatni tashkil etish tizimi to‘liq qayta ko‘rib chiqiladi. Mazkur infratuzilma loyiha doirasida:

  • 455 ta “aqlli” svetofor o‘rnatiladi;

  • 150 ta avtobus bekati yangilanadi;

  • 10 mingta avtomobilga mo‘ljallangan to‘xtash joylari (turargohlar) tashkil etiladi.

Tumanning transport tizimini rivojlantirish maqsadida kelasi yili Yangi Sergeli ko‘chasida uzunligi 5,5 kilometr bo‘lgan BRT (tezkor avtobus yo‘nalishi) liniyasi qurilishi rejalashtirilgan bo‘lib, u Shota Rustaveli ko‘chasidagi BRT yo‘lagi bilan bog‘lanadi. Shuningdek, davlat rahbari Toshkent halqa avtomobil yo‘lida (THAY) yangi ko‘prik qurilishini jadallashtirish zarurligini alohida ta’kidladi. Ushbu ko‘prik Sergeli, Bektemir va Yangihayot tumanlarining poytaxtning boshqa qismlari bilan transport aloqasini sezilarli darajada yaxshilaydi.