O‘zbekistonlik tomoshabinlar Red Bull Dance Your Style jahon finali g‘olibini aniqlashda birinchi marta ovoz berishadiJamiyatIjtimoiy ҳimoya agentligi tizimidagi xodimlarga 120 foizgacha ustama belgilash taklif etilmoqdaJamiyatChirchiqda maktab hududida jamoat joyida masturbatsiya qilgan erkak videoga olindiJamiyatO‘zgidromet dam olish kunlarida quruq va iliq ob-havo bo‘lishini ma’lum qildiJamiyatXorijdagi o‘zbekistonliklar foydasiga 850 ming dollar ish haqi va kompensatsiya undirildiJamiyatBotkin qabristonida devor qulashi oqibatida qabr toshlari shikastlandiJamiyatO‘zbekistonda «Chiqindilar to‘g‘risida»gi qonun yangilanmoqdaJamiyatToshkentda mehmonxona xodimlari mijozlarni videoga olib, qizga shahvoniy shilqimlik qildiJamiyatToshkent viloyatida IIB xodimi voyaga yetmagan qizni zorlaganlikda ayblandiJamiyatO‘zbekistonda san’atkorlarga qo‘shiq va chiqishlari uchun xavf ballari beriladiJamiyat

Samarqand va Urgutni bog‘lovchi yangi temiryo‘l ostidagi damba o‘pirilib ketdi

Samarqand va Urgutni bog‘lovchi yangi temiryo‘l ostidagi damba o‘pirilib ketdi

Samarqand viloyati Toyloq tumanida Zarafshon daryosi suvi temiryo‘l liniyasi ostidagi dambani yuvib ketdi. Oqibatda relslar tayanchsiz qolib, poyezdlar harakati xavf ostida qoldi.

Samarqand viloyatining Toyloq tumanida transport tizimida jiddiy avariya holati qayd etildi. Tumandagi “Do‘stlik” mahallasi hududidan o‘tgan, Zarafshon daryosi yoqasida joylashgan temiryo‘l dambasi suv bosimi natijasida o‘pirilib tushdi. Daryo oqimi temiryo‘l relslari ostidagi tuproq va shag‘al qatlamini butunlay yuvib ketgan. Buning oqibatida relslar havoda osilib, tayanchsiz qolgan va yo‘lning ushbu qismi foydalanishga butunlay yaroqsiz holga kelgan.

Mazkur o‘pirilish o‘tgan 2025-yilning noyabr oyida Prezidentga taqdimoti olingan va qurilish ishlari 10 oy ichida jadal yakunlangan yangi Samarqand – Urgut temiryo‘l tarmog‘ida yuz berdi. Umumiy uzunligi 55 kilometrni tashkil etadigan ushbu yangi yo‘nalish Samarqand shahri, Jomboy, Past Darg‘om, Toyloq va Urgut tumanlari aholisi uchun zamonaviy hamda xavfsiz qatnovni ta’minlashi kerak edi.

Loyiha doirasida ikkita zamonaviy vokzal, “Urgut” erkin iqtisodiy zonasida ikkita yirik yuk stansiyasi hamda bir qator ko‘priklar barpo etilgan edi. Hozirda infratuzilmaga yetgan zararni bartaraf etish, daryo qirg‘oqlarini qayta mustahkamlash va poyezdlar harakatini tiklash uchun hududga maxsus texnikalar hamda soha mutaxassislari jalb etilgan. Operativ guruh hodisa sabablarini o‘rganmoqda.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish