So‘nggi:
Putin oilasini ta’minlay olmagan migrantlar Rossiyani tark etishini nazarda tutuvchi qonunni imzoladiDunyoToshkentdagi bekatda 32 yoshli kuryer o‘zini osib o‘ldirdiJamiyatYevro banknotlarining yangi dizayn variantlari namoyish etildiDunyoBangladesh prezidenti xastalik sabab muddatidan ikki yil avval iste’foga chiqdiDunyo«Manchester Siti» Abduqodir Xusanov bilan shartnomani 2031-yilgacha uzaytirdiSportQashqadaryoda itni avtomobilga bog‘lab sudragan haydovchiga nisbatan ish sudga oshirildiJamiyatToshkent viloyatida Lacetti daraxtga urilishi oqibatida haydovchi halok bo‘ldiJamiyatMarkaziy Osiyoda 26 milliondan ortiq kishi qurg‘oqchilikdan aziyat chekmoqda — BMTDunyoO‘zbekistonda abituriyentlar uchun OTMlar va yo‘nalishlar tanlovi start oldiJamiyatBuxoro shahrining bosh rejasi tasdiqlandi: shahar hududi va aholisi sezilarli darajada kengayadiJamiyat

Rossiya armiyasidagi o‘zbekistonliklar soni 4,8 mingdan oshdi

Rossiya armiyasidagi o‘zbekistonliklar soni 4,8 mingdan oshdi

«Xochu jit» loyihasining hisobotiga ko‘ra, Rossiya tomonida harbiy harakatlarda qatnashayotgan o‘zbekistonliklar soni 4,8 ming kishidan oshgan. Bu mintaqa davlatlari orasidagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Ukrainaning «Xochu jit» davlat loyihasi 2026-yil holatiga ko‘ra, Rossiya Mudofaa vazirligi bilan shartnoma imzolab, urushda ishtirok etayotgan 12 666 nafar Markaziy Osiyo fuqarolarining shaxsiy ma’lumotlariga egaligini ma’lum qildi. Loyiha tahlillariga ko‘ra, jalb qilinganlar soni bo‘yicha O‘zbekiston fuqarolari yetakchilik qilmoqda — 4853 kishi. Keyingi o‘rinlarda Tojikiston (3407), Qozog‘iston (2389), Qirg‘iziston (1439) va Turkmaniston (578) qayd etilgan.

Ta’kidlash joizki, so‘nggi bir yil ichida aniqlangan shaxslar soni ikki baravardan ko‘proqqa ko‘paygan — 2025-yilning yozida bu ko‘rsatkich 5,7 ming kishini tashkil etgan edi. Rossiya tomoni hozircha ushbu ma’lumotlarga nisbatan rasmiy munosabat bildirmagan va xorijiy shartnomachilar sonini ochiqlamay kelmoqda. Ma’lumot uchun, «Xochu jit» loyihasi 2022-yilda xalqaro gumanitar huquq normalari asosida harbiy xizmatchilarga ixtiyoriy ravishda asirlikka taslim bo‘lish imkoniyatini yaratish maqsadida tashkil etilgan. O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra, chet davlatlarning harbiy xizmatiga yollanish jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.