O‘zgidromet dam olish kunlarida quruq va iliq ob-havo bo‘lishini ma’lum qildiJamiyatXorijdagi o‘zbekistonliklar foydasiga 850 ming dollar ish haqi va kompensatsiya undirildiJamiyatBotkin qabristonida devor qulashi oqibatida qabr toshlari shikastlandiJamiyatO‘zbekistonda «Chiqindilar to‘g‘risida»gi qonun yangilanmoqdaJamiyatToshkentda mehmonxona xodimlari mijozlarni videoga olib, qizga shahvoniy shilqimlik qildiJamiyatToshkent viloyatida IIB xodimi voyaga yetmagan qizni zorlaganlikda ayblandiJamiyatO‘zbekistonda san’atkorlarga qo‘shiq va chiqishlari uchun xavf ballari beriladiJamiyatSanepidqo‘mita meningit simptomlari va profilaktikasi bo‘yicha eslatma e’lon qildiJamiyatMisr turpaket egalari uchun Sharm ash-Shayxga kirish qoidalarini o‘zgarishsiz qoldirdiDunyoXorazmda bir oilaning 4 a’zosi ovqatdan zaharlanib vafot etdiJamiyat

Rasul Kusherbayev Toshkent hokimi faoliyatini tanqid qildi

Rasul Kusherbayev Toshkent hokimi faoliyatini tanqid qildi

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi qo‘mitasi raisi maslahatchisi Rasul Kusherbayev Toshkent hokimi Shavkat Umurzakov va poytaxt hokimiyati faoliyatini keskin tanqid qildi.

U video murojaat e’lon qilib, Toshkent rahbariyati faoliyati Konstitutsiya tamoyillariga zid ekanini va fuqarolar ishonchiga putur yetkazayotganini ta’kidladi.

Sobiq deputatning fikricha, poytaxtdagi ayrim qarorlar tadbirkorlar hisobidan daromad olishga qaratilgan bo‘lib, aholi manfaatlari yetarli darajada inobatga olinmayapti.

Kusherbayevning aytishicha, shaharda ko‘plab xususiy mulk obyektlari, jumladan do‘kon-bekatlar va elektromobil quvvatlash stansiyalari sud qarorisiz buzilayotgani kuzatilmoqda.

Shuningdek, u Toshkentni “yashil shahar”ga aylantirish haqidagi va’dalar amalda bajarilmayotganini qayd etdi. Uning ta’kidlashicha, daraxtlarning kesilishi va rekreatsiya hududlarining qurilish uchun ajratilishi havo sifatining yomonlashishiga hamda aholida allergik kasalliklar ko‘payishiga olib kelmoqda.

Sobiq deputat ayrim tashabbuslar — pullik avtoturargohlar, reklama yozuvlari uchun soliqlar va boshqa to‘lovlar — “xalq manfaatlari” nomi ostida joriy etilayotganini aytdi.

Kusherbayevning fikricha, bunday qarorlar jamiyat va investorlar orasida ishonchni kamaytirishi mumkin.

U boshqaruv tizimidagi muammolardan chiqish yo‘li sifatida hokimlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylash tizimini joriy etishni taklif qildi. Uning ta’kidlashicha, rahbarlarning saylovchilar oldida hisobdor bo‘lishi fuqarolar manfaatlarini hurmat qiladigan boshqaruvni shakllantirishga yordam beradi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish