Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

Qirg‘iziston benzin importi 20 foizga kamaygani sababli O‘zbekiston, Qozog‘iston va Rossiyaga murojaat qildi

Qirg‘iziston benzin importi 20 foizga kamaygani sababli O‘zbekiston, Qozog‘iston va Rossiyaga murojaat qildi

Qirg‘iziston hukumati benzin importi 20 foizga qisqargani sababli benzin importi barqarorligini ta’minlash uchun O‘zbekiston, Qozog‘iston va RFga rasmiy so‘rov yubordi.

Qirg‘iziston rasmiylari mamlakatda benzin importi hajmi deyarli 20 foizga qisqargani fonida neft mahsulotlari bozorini barqarorlashtirish maqsadida O‘zbekiston, Qozog‘iston va Rossiyaga rasmiy so‘rovlar yubordi.

Soha idorasining ta’kidlashicha, hozirgi vaqtda mamlakatda yoqilg‘ining o‘tkir tanqisligi kuzatilmayapti. Shunday bo‘lsada, rasmiylar jahon bozorida xom neft narxining keskin oshishi, umumiy geopolitik taranglik va murakkablashgan logistika xatarlari sababli ichki bozor jiddiy bosim ostida qolganini tan olgan.

Rasmiy statistik ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning yanvar-aprel oylari oralig‘ida Qirg‘izistonga avtomobil benzini importi hajmi 20 foizga yaqin kamayib, 270,5 million litrgacha tushib ketgan.

Vaziyatni og‘irlashtirayotgan asosiy omillardan biri shundaki, respublikaga yetkazib beriladigan yoqilg‘ining qariyb 98,5 foizi an’anaviy ravishda Rossiya hissasiga to‘g‘ri kelar edi. Rossiyaning o‘zida yoqilg‘i bilan bog‘liq ichki muammolar keskinlashgani va Moskva xorijdan benzin xarid qilishni boshlagani fonida, Bishkekda kelgusi import barqarorligi bo‘yicha qo‘shimcha xavotirlar paydo bo‘ldi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish