Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

Qashqadaryoda bog‘chaning beparvoligi sabab 3 yoshli bola mashina ichida dimqib vafot etdi

Qashqadaryoda bog‘chaning beparvoligi sabab 3 yoshli bola mashina ichida dimqib vafot etdi

Qashqadaryoda bog‘chaning beparvoligi sabab 3 yoshli bola vafot etdi. Bolani qulflangan avtomobilda unutib qoldirishgan, holat yuzasidan jinoiy ish ochilib, haydovchi qo‘lga olindi.

Voqea 4-iyun kuni Kasbi tumani “Zafar” mahallasida joylashgan, YaTT “O. A.”ga qarashli oilaviy nodavlat bog‘chada sodir bo‘lgan. 3 yoshli tarbiyalanuvchi xodimlarning e’tiborsizligi oqibatida avtomobil salonida qolib ketgan va issiq havo hamda havo yetishmasligi natijasida vafot etgan.

Vazirlik rasmiylarining bildirishicha, mazkur bog‘cha rahbariyati bolalarni transportda tashish xavfsizligi qoidalariga rioya qilish bo‘yicha avval ham bir necha bor ogohlantirilgan. Biroq talablarga amal qilinmagani sababli fojia yuz bergan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 116-moddasi (Kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov doirasida gumonlanuvchi tariqasida avtomobil haydovchisi hibsga olingan.

Shuningdek, tadbirkor bilan tuzilgan shartnoma vazirlik tomonidan bekor qilindi. Vazirlik mutasaddilari fojiaga aloqador barcha shaxslarga qat’iy choralar ko‘rilishini ma’lum qildi. Shu bilan birga, ota-onalar farzandlarining bog‘chaga borib-kelish xavfsizligini shaxsan nazorat qilishga va ularning hayotiga befarq bo‘lmaslikka chaqirildi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish